O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

BАRCHА QURILISH KORHONALARI DIQQАTIGА!

BАRCHА QURILISH KORHONALARI DIQQАTIGА!

“Umumiy foydаlаnishdаgi аvtomobil yo`llаrini qurish vа rekonstruksiya qilish direksiyasi” dаvlаt unitаr korxonаsi quyidagi obyektlar bo`yicha tender e`lon qiladi:

 

  1. Obyekt nomi: 4R55 “Mitan q.-Qo`shrabot q.-Nurota sh.” avtomobil yo`lining 120-126 km qismini rekonstruksiya qilish

Obyektning boshlang`ich narxi: 42 208 415 572 so`m.

Qurilish muddati:  30 оy. 

Lot raqami: https://dxarid.uzex.uz/uz/tender2/lot/7009159/#

 

  1. Obyekt nomi: 4R 48 “Zarafshon trakti” avtomobil yo`lining 127-133 km qismini rekonstruktsiya qilish

Obyektning boshlang`ich narxi: 71 756 487 727 so`m.

Qurilish muddati:  30 оy. 

Lot raqami: https://dxarid.uzex.uz/uz/tender2/lot/7009160/#

 

  1. Obyekt nomi: 4R 230 “А379 avtoyo`li (10 km) Beshrabot q.- “Navoiy - Nurota” avtomobilь yo`lining 0-6 km qismini rekonstruktsiya qilish.

Obyektning boshlang`ich narxi: 30 672 157 510 so`m.

Qurilish muddati:  30 оy. 

Lot raqami: https://dxarid.uzex.uz/uz/tender2/lot/7009166/#

Buyurtmachi: “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo`llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” Davlat unitar korxonasi (Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko`chasi, 68-uy.)

Tender tashkilotchisi: «STROY KONSALTING SERVIS» Mas`uliyati cheklangan jamiyat (Toshkent shahar, Shahrisabz ko`chasi, 16А uy, 504 xona, tel: 71-256-16-93).

Moliyalashtirish manbasi: Davlat byudjeti.

  • Tender ishtirokchilari ish (xizmat) larni bajarish uchun zarur bo`lgan mehnat resurslari va mutaxassislarning mavjudligiga, mutaxassislarning yetarli kasbiy va texnikaviy malakaga, moliyaviy imkoniyatlarga, shartnoma tuzish yuzasidan fuqarolik-muomala layoqati vakolatlariga ega va tajribali bo`lishlari shart.
  • Takliflarni baholashda Tender ishtirokchilarining (oferent) tender takliflari (oferta) qonun hujjatlariga muvofiq qo`shilgan qiymat solig`idan ozod qilingan import qiluvchilarning tovar (ish, xizmat) lari qo`shilgan qiymat solig`i summasi qo`shimcha ravishda hisobga olinadi.
  • Ishtirokchi tenderda qatnashish to`g`risidagi taklifi va tender hujjatlari bo`yicha so`rovnomalar bilan tender tashkilotchisi «STROY KONSALTING SERVIS» Mas`uliyati cheklangan jamiyatiga quyidagi manzil bo`yicha murojaat etishlari mumkin: Toshkent shahar, Аbay ko`chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17.
  • Tasdiqlangan tender hujjatlari bilan tanishish uchun buyurtmachi tomonidan joylashtiriladigan davlat xaridlari bo`yicha maxsus https://dxarid.uzex.uz/ axborot portalidan yuklab olishlari mumkin.
  • Tender tashkilotchisiga takliflarni maxsus axborot portalida e`lon tender e`lon qilingan kundan boshlab 15 kalendarь kuni ichida Toshkent shahar, Аbay ko`chasi, 6 uy, 705 xona, tel: 71-244-12-17; e-mail: ulugbek-ap@inbox.ru manzilga topshirish lozim.
  • Taklif (ofertalar) ochilishi https://dxarid.uzex.uz/  maxsus axborot portalida e`lon chop etilgan kundan boshlab 15 kundan keyin, quyidagi manzilda o`tkaziladi: Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko`chasi, 68-uy majlislar zali.

 

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

06 Aug

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

06 Aug

Turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan ham charter reyslari tashkil etilmoqda

Turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan ham charter reyslari tashkil etilmoqda

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish