O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Bo'sh ish o'rinlari

Bo'sh ish o'rinlari

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari ro'yhati:

1.Ma'muriy boshqaruv -  Vazir o'rinbosari

2.Ma'muriy boshqaruv -  Vazir o'rinbosari

3.Prognozlashtirish, transport va logistikani rivojlantirish departamenti - yetakchi mutaxassis

4.Prognozlashtirish, transport va logistikani rivojlantirish departamenti - yetakchi mutaxassis

5.Eksportni rivojlantirish va importni optimallashtirish boshqarmasi - bosh mutaxassis

6.Eksportni rivojlantirish va importni optimallashtirish boshqarmasi - yetakchi mutaxassis

7.Investitsiyalar va davlat xususiy sherikchilik boshqarmasi - yetakchi mutaxassis

8.Logistika va transport logistikasi markazlarini rivojlantirish boshqarmasi - yetakchi mutaxassis

9.Yo'l xo'jaligini rivojlantirish bo'limi - Bo'lim boshlig'i

10. Ruhsatnomalar bo'limi - Bo'lim boshlig'i

11. Daryo transporti bo'limi - yetakchi mutaxassis

12. Temir yo'l transportidagi avariya va xalokatlarni tekshirish boshqarmasi - bosh mutaxassis

13. Temir yo'l transportidagi avariya va xalokatlarni tekshirish boshqarmasi - bosh mutaxassis

14. Temir yo'l transportidagi avariya va xalokatlarni tekshirish boshqarmasi - yetakchi mutaxassis 

15. Xavo transportini rivojlantirish boshqarmasi - bosh mutaxassis

16. Normativ-huquqiy ta'minot bo'limi - Bo'lim boshlig'i

17. Xalqaro xamkorlik va tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi - yetakchi mutaxassis

18. Buxgalteriya bo'limi - Bosh hisobchi o'rinbosari

19. Xalqaro maslaxatchilar - maslaxatchi

20. Xalqaro maslaxatchilar - maslaxatchi

21. Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi - yetakchi mutaxassis

 

Ishga qabul qilish tartibi


1 bosqich.
Vazirlik markaziy apparatida mehnat faoliyatini olib borish istagini bildirgan nomzodlar zaxirasi taqdim etilgan ob’ektivka ma’lumotlari asosida tuziladi va Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va telefon orqali bog‘lanib, qisqacha intervyu suhbat asosida xodimlar bilan ishlash boshqarma boshlig‘iga suhbat uchun taklif etiladi.
Suhbatdan ko‘zlangan maqsad nomzodning kasbiy va shaxsiy sifatlarini va shuningdek tashkilot faoliyati to‘g‘risida zarur ma’lumotga ega ekanligini baholashdan iborat.
2 bosqich.
1 bosqich suhbatidan o‘tgan nomzodlar bilan tegishliligi bo‘yicha markaziy apparatning departament, boshqarma, va bo‘lim boshlig‘i tomonidan nomzodning malakasi va tajribasi yuzasidan olib borgan faoliyati uning kasbiy bilimlari yuzasidan hamda nomzodning aniq faoliyat sohasidagi qobiliyatlarini aniqlab nomzod to‘g‘risida o‘z fikr mulohazasini bildiradi. Nomzodning soha yo‘nalishidagi tajribasiga chet mamlakatlardagi norasmiy tusga ega bo‘lgan ish tajribasi, chet mamlakatlardagi korxona rahbarlari tomonidan berilgan tavsiya xatlari ham hisobga olinadi.
3 bosqich.
Ikki bosqich suhbatidan o‘tgan nomzodlar o‘rnatilgan tartibda belgilangan ro‘yhat asosida rahbariyatga suhbatdan o‘tish uchun 3 kun oldin taklif etiladi va suhbatdan o‘tgan nomzodlarga shu kunning o‘zida suhbat natijasi e’lon qilinadi va mehnat shartnomasini rasmiylashtirish uchun xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga yo‘naltiriladi.
O‘rnatilgan kadrlar siyosatiga tayangan holda, vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali markaziy apparatdagi mavjud bo‘sh (vakant) bo‘lgan va tor doiradagi mutaxassislarni tanlov asosida ishga qabul qilish bo‘yicha e’lon berilgan holda mutaxassislar saralab olinishi mumkin. Bunda tanlovlar kamida 1 oy oldin e’lon qilinadi va vazirlik markaziy apparatidagi bo‘sh (vakant) o‘rin faoliyatidan kelib chiqib, tanlovga qo‘yiladigan talablar belgilanishi mumkin.
Tanlovga kelib tushgan barcha hujjatlar Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi. Tanlovdan muvofaqqiyatli o‘tgan nomzodlarni vazirlik markaziy apparatiga ishga qabul qilish choralari ko‘riladi.

Sayt test rejimida ishlamoqda!