O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Daryo transporti

Daryo transporti

1. Daryo transporti sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar ro’yhati

1. “Kemalarni qurishda, ishlatishda, qayta ta’mirlashda majburiy ko’rikdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom”. Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 maydagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan.

2. “O’zbekiston Respublikasining ichki suv transporti ustavi”. Vazirlar Mahkamasining 1997 yul 25 fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan.

3. Kemalarni ro’yhatga olish qoidalari (ro’yhat raqami 2595, 2014 yil 17 iyun).

4. Daryo transportida yuk tashish qoidalari (ro’yhat raqami 2468, 2013 yil 13 iyun).

5. “O’zbekiston Respublikasi ichki kema yo’llarida suzish qoidalari”. (ro’yhat raqami 796, 1999 yil 9 iyul).

6. Daryo transportini texnik ishlatish qoidalari. (ro’yhat raqami 990, 2000 yil 6 dekabr).

7. Ichki suzish kemalari tomonidan ifloslantirishning oldini olish qoidalari. (ro’yhat raqami 966, 2000 yil 8 sentyabr).

8. Daryo portlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari (Mehnat vazirining 2002 yil 30 avgustdagi 133-son buyrug’i bilan tasdiqlangan).

9. “Avtomobil va daryo transporti xodimlari uchun bepul maxsus kiyim, poyafzal va boshqa yakka himoya vositalarini berishni namunaviy normalari” (ro’yhat raqami 1511, 2005 yil 8 sentyabr).

10. “Daryo transporti xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari” (ro’yhat raqami 2067, 2010 yil 14 yanvar).

2. Daryo transporti to’g’risida ma’lumotlar

Daryo transporti bo’limining Kemachilik inspeksiyasi ro’yhatida O’zbekiston Respublikasi ichki suv yo’llarida va suv xavzalarida foydalanishda bo’lgan jami 224 ta suv transporti vositasi (kemalar) hisobga olingan, shundan:

transport kemalari – 132 ta;

texnik kemalar – 74 ta;

yordamchi kemalar – 14 ta;

suzuvchan ponton ko’priklar – 4 ta.

Daryo transporti bo’limi O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamentining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va Transport vazirligi faoliyatini daryo transporti sohasi bo’yicha masalalari bilan ta’minlaydi.

Daryo transporti bo’limi tarkibiga quyidagi bo’linmalar kiradi:
a) O’zbekiston kemachiligi registri (keyingi o’rinlarda – Registr).
b) Kemachilik inspeksiyasi.

Kemachilik registri bosh dvigatelining quvvati 55 kVt va undan ortiq bo’lgan o’ziyurar kemalar, yuk ko’tarish quvvati 80 registr tonna va undan ortiq bo’lgan o’ziyurmas kemalar va suzuvchi vositalarini klassifikatsiya qilish va texnik nazorat olib borishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Kemachilik inspeksiyasi O’zbekiston Respublikasining kema yuradigan ichki suv yo’llarida ekologiya normalari va inson hayotini muhofaza qilinishiga rioya etgan holda kemalarning va suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan belgilangan vazifalarga muvofiq to’g’ri foydalanishi, yuklarning xavfsiz va ishonchli tashilishini nazorat qilishga vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Daryo transporti bo’limi o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Daryo transporti sohasida boshqarish tizimini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi;

Daryo transporti sohasida davlat investitsiya siyosatini shakllantirish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

Daryo transporti sohasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha yaqin va istiqbolli davlat dasturlari, idoraviy manzilli dasturlarni shakllantirish bo’yicha takliflarni tayyorlaydi;

Ichki suv yo’llaridan eng maqbul foydalanish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

Daryo transporti sohasida yagona texnika siyosatini ishlab chiqadi va amalga tatbiq etadi;

Daryo transporti sohasida transport xavfsizligi bo’yicha masalalar bo’yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Suvda inson hayotini muhofaza qilinishini, yuklarni ishonchli tashilishini, suzuvchi vositalarining xavfsiz suzishi va ulardan foydalanish shartlarini ta’minlaydigan texnik talablar o’rnatilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, qo’llanilishini tahlil etadi va ularga o’zgartirishlar kiritadi;

Daryo transporti sohasi bo’yicha texnik reglamentlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Daryo transporti sohasi bo’yicha bo’limga berilgan vakolatlar doirasida O’zbekiston Respublikasining daryo transporti masalalari bo’yicha qarori talab etiladigan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqish uchun Transport vazirligiga takliflar kiritadi;

O’zbekiston Respublikasi hukumati Kengash majlislariga daryo transporti masalalarini ko’rib chiqish bo’yicha materiallarni tayyorlaydi;

Daryo transporti sohasida xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar tuzish, ularga o’zgartirishlar kiritish, to’ldirish, bekor deb e’lon qilish, ratifikatsiya qilish bo’yicha materiallarni tayyorlaydi;

O’zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomalar va hukumatlararo bitimlar qoidalarining o’z vakolati doirasida bajarish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi;

Daryo transporti sohasi bo’yicha bo’yicha xalqaro tashkilotlarning ishiga qatnashish va O’zbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro muzokaralar olib borish uchun materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;

Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini, arizalarini va shikoyatlarini daryo transporti bo’limi vakolati doirasida ko’rib chiqishni amalga oshiradi;

Transport vazirligi saytiga joylashtirish uchun daryo transporti sohadi bo’yicha materiallarni tayyorlaydi;

Daryo transporti masalalari bo’yicha o’z vakolati doirasida majlislar, seminarlar va boshqa tadbirlar tashkil etadi va o’tkazadi;

Transport vazirligining tarkibiy tuzilmalariga daryo transporti masalalari bo’yicha vakolati doirasida tushuntirishlar beradi, hamda ulardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so’rab oladi;

Davlat siri hisoblangan maxfiy axborotlarni vakolati doirasida sir saqlanishini ta’minlaydi;

O’ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan axborotlarni, ma’lumotlarni va boshqa hujjatlarni Transport vazirligining quyi idoralaridan, vazirliklardan, idoralar va boshqa tashkilotlardan o’rnatilgan tartibda so’rab oladi;

O’zbekiston Respublikasining ichki suvlarida, tabiiy yoki sun’iy barpo etilgan suv xavzalarida foydalanilayotgan kemalar va suzuvchi vositalarni ro’yhatga oladi va klassifikatsiya qiladi, texnik ko’rikdan o’tkazadi;

Kemalarga va suzuvchi vositalarga mulk huquqini tasdiqlovchi va O’zbekiston Respublikasi bayrog’i ostida suzish huquqini beruvchi Kema guvohnomalarini, ularning texnik holati bo’yicha foydalanishga yaroqli ekanligini tasdiqlovchi klassifikatsiya guvohnomasi, suzishga yaroqlilik to’g’risidagi guvohnomasi, neft, oqova suvlar va axlat bilan ifloslanishning oldini olish to’g’risidagi guvohnomalarni hamda Registr qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni beradi;

Kema va suzuvchi vositalar egalari tomonidan daryo transporti sohasiga oid qonun-hujjatlar, Registr qoidalari, ekologiya va sanitariya normalari talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

Kemalar va suzuvchi vositalarning, hamda kemalarni qurish va ta’mirlash uchun mo’ljallangan material va jihozlarning Registr qoidalari va talablariga muvofiqligini aniqlaydi.

Qurilayotgan kemalarni texnik loyiha hujjatlarini mahalliy suzish sharoitiga muvofiqligi nuqtai nazaridan kelishadi va tasdiqlaydi;

Kemalarni qurish, tamirlash va qayta jihozlash davrida texnik nazoratni amalga oshiradi;

Kema hujjatlarining amal qilish muddati tamom bo’lganda, kemalar, suzuvchi vositalarda odamlarning xavfsizligiga taxdid soluvchi nuqsonlar paydo bo’lganda, kemalardan foydalanish, yong’inga qarshi va sanitariya xavfsizligi qoidalari talablari buzilganda kemalar va suzib yuruvchi vositalardan foydalanishni taqiqlaydi;

Kemalar va suzuvchi vositalarning ekipaj a’zolarining amaldagi yo’riqnomalar va dasturlar asosida bilimlarini tekshirishdan o’tkazish bo’yicha kommisiya ishida ishtirok etadi;

Portlar, pristanlar, qirg’oqlar, kema qatnaydigan suv inshootlari va suv yo’llari ustidan o’tayotgan aloqa liniyalari, gaz, ichimlik suvi va boshqa quvurlarning o’tkazilishini, suzuvchan ponton ko’priklar o’rnatish va kechuv kemalari ishini tashkil etish bo’yicha loyihalarni ko’rib chiqadi va xulosalar beradi;

Xorijiy va milliy yuk tashuvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasining daryo transporti sohasidagi xalqaro shartnomalarining asosiy shartlari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Daryo transporti bo’limi vakolati doirasida O’zbekiston Respublikasi qonun-hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa funksiyalarni bajaradi.

Sayt test rejimida ishlamoqda!