Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Metropoliten

 

Toshkent metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxona. Metropoliten avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi tarkibida bo‘lgan. Korxona Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri hisoblangan metro tizimini boshqaradi.
2023-yil may oyi holatiga ko‘ra Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,55км km, yo‘llari soni 4 ta va bekatlari soni 48 tani tashkil etgan.

Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 570 000-620000  va shanba-yakshanba kunlarida esa 350 000-400 000 nafar yo‘lovchi tashiladi. Toshkent metrosida 5376 nafar ishchi-xodim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.