Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

"Chendu – Toshkent" yo‘nalishda aviaparvozlar boshlandi

Chop etish Sahifani ulashish
13.01.2020 5233 Yangiliklar

Xitoyning Chendu shahri aeroportidan parvoz etgan «Loong Air» aviakompaniyasi samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

Aeroportda ilk reys bilan yurtimizga kelgan aviakompaniya vakillari va yo‘lovchilari tantanali ravishda kutib olindi.

O‘zbekistonning XXRdagi elchixonasi, Xitoy aviatsiya ma’muriyati, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi va Turizimni rivojlantirish davlat qo‘mitasining sa’yi- harakatlar natijasi o‘laroq Xitoyning yana bir shahri Chendudan Toshkentga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Bundan avval Xitoyning «Zhejiang Loong Airlines» aviakompaniyasi 2019 yilning 27 sentyabr kunidan e’tiboran Sian shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagan edi.

"Chendu – Toshkent" yo‘nalishda «Loong Air» aviakompaniyasi parvozlarni haftasiga uch marotaba bajarishni rejalashtirigan.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati