Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Farg‘onada karantinda bo‘lgan 71 nafar vatandoshimiz uyiga kuzatildi

Chop etish Sahifani ulashish
22.04.2020 5326 Yangiliklar

Bugun, 22 aprel kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani faxriylar sonatoriysida 14 kunlik karantin muddatidan so‘ng 71 nafar yurtdoshlarimizda o‘ta xavfli yuqumli kasallik alomatlari aniqlanmaganligi sababli ularga uylariga qaytishlariga ruxsat berildi.

Yurtdoshlarimiz Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan, maxsus dezinfektsiyalangan avtobuslarda viloyat IIB YHXB inspektorlari nazoratida temir yo‘l stantsiyasiga olib kelindi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan maxsus tashkillashtirilgan poyezdda yurtdoshlarimiz o‘z manzillari tomon yo‘lga chiqishdi.