Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbir o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
14.12.2019 9057 Yangiliklar

13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida ishchi xodimlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri ekanligi alohida qayd etib o‘tildi. Bu jarayonda har bir fuqaro Konstitutsiyani bilib va unga amal qilib yashashi, kundalik turmushi va oilaviy farovonligining kaliti ekanligi ta’kidlandi.

Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim va katta ahamiyatga egadir. Zero, aynan konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasi bo‘lib hisoblanadi.

1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi barcha hududlarda keng nishonlanmoqda.

Mamlakatimiz Bosh qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy printsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.

Tadbirda shuningdek, muhim siyosiy jarayon 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga bo‘ladigan saylovlar borasida ham so‘z bordi. Xususan, saylov qonunchiligidagi eng muhim jihatlar haqida xodimlarga tushuncha berildi. Yangi qabul qilingan Saylov kodeksi to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati