Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

HURMATLI TADBIRKORLAR !!!

Chop etish Sahifani ulashish
16.04.2020 6633 Yangiliklar

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga ko‘ra, N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

Agar, Siz bu toifadagi transport vositalarida yuklarni tashish yoki yo‘l - patrul xizmati statsionar postlaridan o‘tishda turli ko‘rinishdagi to‘sqinlik yoki cheklovlarga duch kelsangiz:

Zudlik bilan, “71. 267-65-30”, “71. 267-60-10” va “71. 267-63-58” telefon raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan tezkor shtabga murojaat qiling.

Shu bilan birga, ushbu masalada Ichki ishlar vazirligining “1102”, Bosh prokuraturaning “1007” yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi va Savdo-sanoat palatasining “1100” qisqa raqamli “ishonch telefon”lariga ham murojaat qilishingiz mumkin.

 

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi.