O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Yo‘lovchilar diqqatiga!

16 Oct

Yo‘lovchilar diqqatiga!

 

Transport vazirligi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infeksiyalar tarqalishining oldini olish va yo‘lovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yo‘nalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qo‘lqopda bo‘lish tartibi joriy etilishini ma’lum qiladi.

Shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning sanitariya qoidalari va belgilangan karantin talablariga qat’iy amal qilishlarini ta’minlash maqsadida Transport vazirligining avtomobil tashuvlari xavfsizligini ta’minlashni nazorat qilish boshqarmasi inspektorlari va huquq-tartibot idoralari vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tomonidan transport infratuzilma obyektlari va jamoat transportida kuchaytirilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.

Joriy yilning 19- oktyabridan e’tiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yo‘lovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qo‘lqopda bo‘lishlari qat’iyan talab etiladi.

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlar shahar jamoat transporti xizmatidan foydalanganda belgilangan karantin talablari va sanitariya me’yorlariga qat’iy amal qiling. O‘zingiz va atrofdagilarning salomatligiga befarq bo‘lmang.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

21 Oct

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

17 Oct

O‘zbek tili bayrami kuni arafasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbek tili bayrami kuni arafasida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish