Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Karantin davrida faoliyat ko‘rsatuvchi avtobuslar uchun maxsus ruxsatnoma

Chop etish Sahifani ulashish
25.03.2020 7684 Yangiliklar

Toshkent shahrida jamoat transportlari qatnovi to‘xtatilishi munosabati bilan Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab ishlovchi fuqarolarga hamda ular ishlayotgan korxona, tashkilot va muassasalarga transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat” AJ shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishi mumkinligi haqida avval ham xabar berilgan edi.

Yo‘lovchilar xavfsizligi hamda transport vositasining texnik va sanitariya talablari asosida xizmat ko‘rsatishini bildirish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamkorligida maxsus belgi tayyorlandi.

Ushbu belgida transport vositasining turi hamda davlat belgisi ko‘rsatiladi va xizmat ko‘rsatuvchi korxona muhri bilan tasdiqlanadi.


Bu transport vositalarining texnik va sanitar holati talab darajasida ekanligi bildiradi.

Aziz yo‘lovchilar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, transport xizmatini tashkil etishda “Toshshahartransxizmat”AJ tasarrufidagi faqat ana shunday belgili avtobuslardan foydalaning.

Korxona va tashkilotlar “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibiga kiruvchi avtobuslar xizmatidan foydalanishga zarurat tug‘ilganda quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin: Toshkent shahar Yunusobod tumani 1-tor A.Temur ko‘chasi 6 uy.
Telefon raqami: 71-244-18-63, 71-233-51-47