Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Karantin muddati tugagan yurtdoshlarimiz poyezdda o’z uylariga yetkazilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
04.05.2020 5353 Yangiliklar

Mamlakatimiz hukumati O'zbekistonda COVID-19 koronavirusning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Respublikamiz ichki va xalqaro yo’nalishlardagi temir yo'l qatnovlarini vaqtincha to'xtatish ham zarur chora-tadbirlardan biri.

Biroq, temir yo’llarda  mahalliy yo'lovchilarni tashuvchi – "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ o’z faoliyatini bir kunga ham to'xtatgani yo’q. Ma'lumki, O'zbekistonga koronavirus infektsiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida chet eldan qaytib kelgan fuqarolar mamlakatimizning qator viloyatlaridagi turli tibbiyot muassasalarida karantin ostiga olingan. Vatandoshlarimiz karantin o’tash  muddati tugaganidan so'ng, maxsus tashkil etilgan poyezdlarda yashash joylari (viloyat, shaharlar)ga yetkazilmoqda.

Qat’iy dezinfeksiya qilingan yolovchi vagonlarda aholini yurtimizning turli  hududlariga har kuni eltib qo'yilmoqda. Bugungi kunga qadar jami 16 mingdan ortiq kishi maxsus poyezdlarda tashildi. Bugun, 4 may kuni yana qariyib 500 kishi o’z manzillariga yetkazib borish rejalashtirilgan.