Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Muammolar va yechimlar: Tranzit yo‘lovchi poyezdlarining og‘riqli nuqtasi

Chop etish Sahifani ulashish
17.01.2020 5383 Yangiliklar

"Kun.uz" elektron yangiliklar sayti jurnalistlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi orqali tranzit hududini kesib o‘tishda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ poyezdlarining yo‘lovchilari uchragan dolzarb masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

https://kun.uz/38002386

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ ikki mamlakat hukumatlararo komissiyalarining ikki tomonlama uchrashuvlarida ushbu masalani bir necha bor ko‘targan. Shartnomalarga muvofiq ushbu masalani o‘rganish maqsadida O‘zbekiston tashabbusi bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari vazirliklari va idoralari vakolatli mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhi tashkil etildi.

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, 2020 yil yanvar oyining uchinchi o‘n kunligida mazkur ishchi guruh Qozog‘istondagi temiryo‘lchi hamkasblari va tegishli bo‘linmalari bilan qo‘shni davlat nazorat organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari bilan bog‘liq o‘rganish va qarorlar qabul qilish uchun uchrashuv rejalashtirilgan.

Hurmatli yo‘lovchilar! Eslatib o‘tamiz, sizga nisbatan qilingan ta’magirlik holatlatida yoki noqonuniy xatti-harakatlar bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzaga kelganda, +998-71-299-94-50 ishonch telefoni orqali xabar qilishingizni so‘raymiz. Bundan tashqari, Telegram messenjerida @pastrans havolasida murojaat yoki shikoyatingizni yozishingiz mumkin.

http://railway.uz/uz/informatsionnaya_sluzhba/novosti/17491/