Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston yuk mashinalarini Gruziya-Turkiya chegarasi orqali o‘tkazish tiklandi

Chop etish Sahifani ulashish
02.04.2020 5639 Yangiliklar

Koronavirus tarqalishini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan shoshilinch choralar sababli Turkiya hududiga milliy yuk tashuvchilarimizning kirishi cheklangan edi.

Mazkur masalani hal etish borasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Turkiya va Gruziyaning mas’ul vazirlik va idoralari bilan muzokaralar olib bordi. Muzokaralar yakunida ushbu masla ijobiy hal etildi.

Turkiya tomonidan olingan ma’lumotga ko‘ra o‘zbekistonlik avtotashuvchilar Turkiya hududiga O‘zbekistondan chiqqan kunlaridan boshlab 14 kunlik muddat tugaganidan keyin kiritiladi.

Turkiya Bojxona idorasi va Savdo vazirligi 2020-yil 30-mart kechasidan boshlab O‘zbekiston yuk tashuvchi transport vositalarini kiritish tiklanganligini tasdiqladi.  Bugunga qadar Gruziya-Turkiya chegarasini 50 dan ortiq yuk transportlari kesib o‘tdi.

O‘zbekistonning Anqara va Boku shaharlaridagi elchixonalari vaziyatni nazoratga olgan,  davlatlararo chegarada 14 kunlik muddat tugashini kutayotgan o‘zbekistonlik haydovchilar bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Xorijiy davlatlar hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning chet eldagi elchixonalari va konsullik muassasalari huzurida tashkil etilgan operativ shtablarga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.