Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yo‘lga chiqdi

Chop etish Sahifani ulashish
23.10.2020 4883 Yangiliklar

 

Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan hamyurtlarimizni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 22 - oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinadi.

Ushbu maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.