Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

So‘nggi ikki kunda charter reyslar orqali 553 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi

Chop etish Sahifani ulashish
27.05.2020 4980 Yangiliklar

 

Mamlakatimiz hukumati tomonidan xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni Vatanga qaytarib olib kelish choralari ko‘rilmoqda.

Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmalariga asosan tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan 25 may kuni amalga oshirilgan “Toshkent - Yekaterinburg - Toshkent” reysi orqali 278 nafar fuqarolar olib kelindi.

26 may kuni amalga oshirilgan “Toshkent – Moskva – Toshkent” charter reysi orqali esa 275 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga olib kelindi.

Tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq mazkur hafta oxiriga qadar Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Istanbul va Moskva shaharlariga yana 6 ta qatnov amalga oshiriladi.