Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Tadbirkorlar uchun tezyurar yuk poyezdlari haqida ma'lumot

Chop etish Sahifani ulashish
25.04.2020 6368 Yangiliklar

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuk tashish sohasidagi faoliyatini takomillashtirishni davom ettirmoqda hamda kichik va o'rta biznesni, xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini qo'llab-quvvatlash, qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirmoqda. Shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi va qo'shni Afg'oniston Islom Respublikasi o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik yo'lida temir yo'l transporti orqali yuk tashishlari faol rivojlanmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ mahalliy eksport qiluvchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratdi, xususan, Afg'onistonning Hayraton stantsiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam ravishdagi qatnovini tashkil etdi. Yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo'nalish bo'ylab hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonar ham mazkur poyezdga biriktiriladi.

Oddiy qilib aytganda, oldinlari Toshkentdan Afg'onistonga jo'natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilardi. Endilikda esa tadbirkorlar buyurtmalarini rasmiylashtirib, Toshkentdan Xayraton (Afg'oniston) stantsiyasiga ikki kun ichida yuklarni tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib beriladi.

Shu bilan birga, joriy yil 16 aprelda tarkibida 14 vagoni bo'lgan birinchi tezyurar yuk poyezdi Afg'onistonga yuborilgan bo'lib, yo'nalish bo'ylab yana qo'shimcha ravishda eksportbop maxsulot yuklatilgan 36 ta vagon biriktirildi. Bugungi kunga qadar bu kabi 4 ta poyezd tashilgan bo'lib, ular eksportga yo'naltirilgan milliy iqtisodiyot tovarlari yuklangan jami 218 vagonni tashkil etdi.

E'tiborlisi, mazkur poyezd haftasiga uch marotaba qatnaydi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ yuklarning barcha turdagi yuklarni turli hil vagon, konteyner, sisterna va hokazolarni taqdim etadi. To'lov har qanday qulay to'lov usulida amalga oshiriladi,shu bilan birga transport tarifi o'zgarishsiz qoladi.

Yuklarni tashish bo'yicha barcha ma'lumotlar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rasmiy veb-saytida mavjud. Shuningdek, savol bilan siz +998-90-938-40-00 raqami orqali Telegram-messenjeri chatiga ham murojaat qilishingiz mumkin.