Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkent – Urganch va Toshkent – Moskva yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
12.12.2019 6041 Yangiliklar

Yangi yil va bayram kunlarida yo‘lovchi poyezdlariga bo‘lgan talabning ortishini inobatga olib, "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ qo‘shimcha reyslar tashkil etilayotganini ma’lum qildi.

Jumladan, joriy yil 16 dekabrdan 2020 yil 7 yanvarga qadar №556/555-sonli "Toshkent – Urganch – Toshkent" yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 14 dekabrdan 2020 yil 11 yanvarga qadar №5/6-sonli "Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishidagi poyezdning qo‘shimcha qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, xalqararo yo‘nalishidagi poyezdlarida, oldindan sotib olish muddatiga ko‘ra chipta tarifining 55% gacha chegirma mavjud.

O'zbekiston Respbulikasi Transport Vazirligi axborot xizmati