Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Toshkentdan Do‘stlik va Arnasoy shaharlariga sinov tariqasida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Chop etish Sahifani ulashish
28.11.2019 7976 Yangiliklar

Bugun, 28 noyabrь kunidan e’tiboran “Uzautotrans service” korxonasi Jizzax viloyati aholisiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Toshkent-Gagarin” yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus yo‘nalishini Do‘stlik va Arnasoy shaharlariga qadar uzaytirdi.

Toshkentdan Do‘stlik shahriga qadar bo‘lgan 206 km.lik masofa uchun yo‘lkira haqi 23 000 so‘m, yo‘nalish masofasi 224 km.ga teng bo‘lgan Arnasoy shahrigacha esa 25 000 so‘m etib belgilangan. Ayni damda mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. Yo‘lovchilar oqimi ushbu yo‘nalishda etarli darajada bo‘lsa, qatnovlar muntazam ravishda yo‘lga qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Uzautotrans service” korxonasi Jizzax viloyatining quyidagi hududlariga muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirib kelmoqda.

Toshkent — Jizzax, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati)

Yo‘l haqi: 25 000 so‘m

Qachon: har kuni

Toshkentdan jo‘nash vaqti: 11:00, 15:00, 17:00

Toshkent — Zomin, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati)

Yo‘l haqi: 24 000 so‘m

Qachon: har kuni

Toshkentdan jo‘nash vaqti: 08:30, 12:00, 17:00

Toshkent — Gagarin, "Toshkent" avtovokzali ("Olmazor" metro bekati)

Yo‘l haqi: 20 000 so‘m

Qachon: har kuni

Toshkentdan jo‘nash vaqti: 09:00, 12:30, 16:00.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati