Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Uzbekistan airways Jiddaga qo‘shimcha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Chop etish Sahifani ulashish
23.01.2020 5597 Yangiliklar

O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Uzbekistan airways kompaniyasi joriy yilning 2- fevral kunidan e’tiboran "Toshkent – Jidda – Toshkent" yo‘nalishida ikkita qo‘shimcha qatnov joriy etilishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha qatnovlar haftaning payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar vizasi bor yo‘lovchilarga sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda mazkur yo‘nalishda aviakompaniya haftasiga 14 marotaba parvozlarni amalga oshirmoqda. Fevral oyidan esa haftalik parvozlar soni 16 tani tashkil etadi.

Uzbekistan airways "Toshkent – Jidda – Toshkent" yo‘nalishida parvozlar chastotasini yanada ko‘paytirish bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati