O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Yangi yildan Xitoy aviakompaniyasi “Sian –Toshkent– Sian” yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshlaydi

20 Dec

Yangi yildan Xitoy aviakompaniyasi “Sian –Toshkent– Sian” yo‘nalishida muntazam parvozlarni boshlaydi

Xitoyning «Zhejiang Loong Airlines Co., Ltd» aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni bajarish uchun ruxsat oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitimga asosan «Zhejiang Loong Airlines Co., Ltd» aviakompaniyasiga “Sian – Toshkent – Sian” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishi uchun 2019 yil 16 dekabrda 96K-sonli ekspluatatsion ruxsatnoma taqdim etdi.

«Zhejiang Loong Airlines Co.,Ltd» aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun Airbus A-320 samolyotlarini e’lon qildi. Dastlabki bosqichda aviakompaniya ushbu yo‘nalishda haftasiga ikki marta parvozlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.» aviakompaniyasi joriy yilning 27 sentyabr kuni “Sian – Toshkent – Sian” yo‘nalishi bo‘ylab mamlakatimizga ilk charter reysini amalga oshirgan edi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

06 Aug

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

Vatandoshlarimiz Rossiya Federatsiyasining Samara va Orenburg viloyatlaridan yo‘lovchi poyezdlar orqali qaytarilmoqda

06 Aug

Turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan ham charter reyslari tashkil etilmoqda

Turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan ham charter reyslari tashkil etilmoqda

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish