O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Attestatsiyadan o'tish tartibi

 

Sana

Attestatsiya o'tkaziladigan manzil

Attestatsiya o'tkazish vaqti

1

10.01.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

2

17.01.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

3

24.01.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

4

31.01.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

5

07.02.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

6

14.02.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

7

21.02.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

8

28.02.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

9

06.03.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

10

13.03.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

11

20.03.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

12

27.03.2020 yil

Toshkent shahriv

9:00 – 18:00

13

03.04.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

14

10.04.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

15

17.04.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

16

24.04.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

17

01.05.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

18

08.05.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

19

15.05.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

20

22.05.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

21

29.05.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

22

05.06.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

23

12.06.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

24

19.06.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

25

26.06.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

26

03.07.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

27

10.07.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

28

17.07.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

29

24.07.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

30

31.07.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

31

07.08.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

32

14.08.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

33

21.08.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

34

28.08.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

35

04.09.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

36

11.09.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

37

18.09.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

38

25.09.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

39

02.10.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

40

09.10.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

41

16.10.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

42

23.10.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

43

30.10.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

44

06.11.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

45

13.11.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

46

20.11.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

48

27.11.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

49

04.12.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

50

11.12.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

51

18.12.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

52

25.12.2020 yil

Toshkent shahri

9:00 – 18:00

Izoh: Belgilangan sanalar bayram kunlariga to'g'ri kelgan hollarda, attestatsiya kunlari o'zgartirilishi mumkin.

Tasdiqlangan attestatsiya jadvali

- Ariza, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining o‘rinbosari, attestatsiya komissiyasi raisi nomiga
Izoh: Tashkilotning: yuridik manzili, STIR, faoliyati, xodimlar soni, avtotransport vositalari soni, reys oldi tibbiy va texnik ko‘riklar o‘tkaziladigan joy haqida ma’lumot, kontakt telefon.
Anketa. (Anketaning barcha savollariga to‘liq va batafsil javoblar berilishi lozim, anketaning birorta ustuni to‘ldirilmagan holda qoldirilmasligi kerak. Bitta bo‘lsa ham to‘ldirilmagan ustun mavjud bo‘lgan taqdirda, butun anketa to‘liq to‘ldirilmagan deb hisoblanadi va qo‘shimcha ishlov berish uchun qaytariladi).
- Lavozimga tayinlanganlik, xamda avtotransport ishini tashkil etish va boshqarish, harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha javobgarlik yuklatilganligi) haqida buyruq nusxasi.
- Diplom va mehnat daftarchasining barcha betidan nusxa.

Attestatsiyadan o‘tishga ariza bergan shaxs, ariza berilgan kundan e’tiboran kamida bir haftadan keyin attestatsiyaga qo‘yiladi.

Manzil: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mumtoz ko‘chasi 5 A-uy Indeks: 100147
Ma’lumot uchun telefon: 71-231-12-66.

Attestatsiyadan o‘tuvchi shaxs tashrif buyurganda fuqorolik pasporti bo‘lishi shart.

Hujjatlar bevosita Komissiyaga taqdim etiladi yoki pochta orqali ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan yuboriladi.

 

Anketa na'munasini ko'chirib olish

 

1.«Litsenziya talablari va shartlari» tushunchasiga to‘liq ta’rif berilgan javobni toping:

2.Faoliyatning litsenziyalanadigan turini tegishli litsenziyani olmasdan quyidagi qaysi korxona va muassasalar amalga oshirishga haqlidir?

3.Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari qanday mezonlar asosida aniqlanadi?

4.Litsenziya turlarini ko‘rsating?

5.Litsenziya olingan faoliyat turi kim tomonidan amalga oshirilishi mumkin?

6.Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga qachon berilishi lozim?

7.Qaysi javobda yuridik shaxslar tomonidan litsenziya olish uchun beriladigan arizadagi ma’lumotlar to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

8.Qaysi javobda yuridik shaxslar tomonidan avtomobil transporti faoliyati uchun litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

9.Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma litsenziya da’vogariga qanday tartibda yuboriladi (topshiriladi)?

10.Agarda litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan etiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa litsenziyalovchi organ qanday yo‘l tutishga xaqli?

11.Litsenziya berishni rad etish uchun nimalar asos bo‘lishi mumkin?

12.Litsenziya shartnomasi – bu:

13.Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshirishi mumkinmi?

14.Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani olgan kundan e’tiboran necha kunda litsenziyani qayta rasmiylashtirishi shart?

15.Qanday xollarda litsenziyalovchi organlar litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishi mumkin?

16.Litsenziyalovchi organning litsenziyani amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga qanday tartibda yetkaziladi?

17.Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran qanday muddatda litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘k qilinishi kerak?

18.Litsenziyani bekor qilish uchun nimalar asos bo‘lishi mumkin?

19.Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qarori litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga qanday tartibda yetkaziladi?

20.Litsenziat litsenziyani bekor qilinishi to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran qanday muddatda litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak?

21.Litsenziat litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun qancha muddatda litsenziyalovchi organga ariza bilan tegishli xujjatlarni taqdim etishi shart?

22.Qaysi hollarda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi?

23.Litsenziyat litsenziyani tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda kim tomonidan qaror qabul qilinadi?

24.Yuridik shaxs tugatilganda litsenziyani tugatish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

25.Litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda litsenziyani tugatish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

26.Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda litsenziyani tugatish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

27.Agarda litsenziat unga litsenziya berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingani haqidagi xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan etiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

28.Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

29.Litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kim tomonidan qabul qilinadi?

30.Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror-:

31.Litsenziat litsenziya kartochkalari bilan ta’minlanmagan avtobuslardan foydalanganda - :

32.Avtomobil transportida yuk tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish –

33.Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish-

34.Harbir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi - :

35.“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy vazifalari nimadan iborat?

36.Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari nimalardan iborat?

37.Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi qaysi davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi?

38.Yo‘l harakati– bu:

39.Yo‘l harakati xavfsizligi– bu:

40.«Yo‘l harakati qatnashchisi» tushunchasiga to‘liq ta’rif berilgan javobni toping.

41.Transport vositasining egasi– bu:

42.Qaysi organ, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi?

43.Qaysi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yo‘llardan va temir yo‘llarni kesib o‘tish joylaridan foydalanishni taqiqlaydi?

44.Qaysi javobda transport vositalari egalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi majburiyatlari to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan?

45.Kim tomonidan va qaysi hollarda yo‘l sharoitlari tufayli yo‘l harakati qatnashchilariga va transport vositasiga yetkazilgan zarar qoplanishi kerak. To‘liq ko‘rsatilgan javobni toping?

46.Transport vositalariga, ularning konstruksiyalarining tarkibiy qismlariga, ehtiyot qismlarga va anjomlarga doir qanday talablar qo‘yiladi?

47.Texnik ko‘rikdan o‘tkazishning asosiy vazifalari:

48. Faoliyati transport vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik shaxslarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping?

49.Avtomobil transportida yoki yer usti shahar elektr transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk tashish faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, tashishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida haydovchilarga nisbatan qo‘shimcha talablar qo‘yishi mumkinmi?

50.Yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladigan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir tadbirlarni moliyalashtirish qanday mablag‘ va manbaalar hisobidan amalga oshiriladi?

51.Ish beruvchi haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qanday yo‘l- yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlashi shart?

52.Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

53.Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

54.Mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

55.O‘zbekiston Respublikasining “Yo‘l harakati xavfsizligi” to‘g‘risidagi qonunga asosan haydovchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tkaziladi?

56.Yo‘l-transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam nimalardan iborat?

57.Taksi tariqasida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari 8 tadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni, tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi necha yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi?

58.Yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo‘l harakati holati, bu:

59.Yo‘l-transport hodisalari yuzaga kelishi sabablarining oldini olishga, bunday hodisalar oqibatlarining og‘irligini kamaytirishga qaratilgan faoliyat, bu:

60.Avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuchilarda YHX xizmatining vazifalari kimning zimmasiga yuklatiladi?

61.Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, bu:

62.Nazorat-texnik punkti nechta va qanday asbob-uskunalar, anjomlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak?

63.Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun haydovchi mexanikka qanday hujjatlarni taqdim etadi?

64.Haydovchi yo‘nalishga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan holatlarda, shuningdek haydovchida kasalliklar alomatlari, jarohatlar, har qanday mastlik (alkogol, giyohvand modda va boshqalar) holati aniqlanganda tibbiy xodim zudlik bilan birinchi navbatda kimga xabar beradi?

65.Avtotransport vositalari guruhlari boshliqlari lavozimi qachon joriy etiladi?

66.Yo‘l-yo‘riqlar berishning to‘g‘ri va to‘liq hajmda tashkil etilishi uchun mas’uliyat bevosita kimning zimmasiga yuklatiladi?

67.Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga qanday tashishlar kiradi?

68.Shahar va shahar atrofi yo‘nalishlaridagi avtobuslarda yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yo‘lovchilar qanday miqdorda haq to‘laydilar?

69.Shaxarlararo tashishlar tushunchasini to‘liq aks ettirgan javobni toping?

70.Tashuvchilarning favqulodda holatlarda, shuningdek safarbarlik holatini, fuqaro mudofaasi va avariya – qutqaruv ishlariga oid tadbirlarni ta’minlash bilan bog‘liq tashishlarni amalga oshirishga doir harajatlari nima hisobidan qoplanadi?

71.Tashuvchilarning qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar berilgan, shu jumladan, bepul yurish huquqi berilgan fuqarolarning ayrim toifalarini tashish bilan bog‘liq xarajatlari kim tomonidan qoplanadi?

72.Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda o‘n yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni olib yurilganda yo‘lkira haqining qancha foyizi miqdorida pul to‘lanadi?

73.Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilgan holda olib yurilganda yo‘lkira haqining qancha foyizi miqdorida pul to‘lanadi?

74.Tashuvchi tashish uchun qabul qilib olgan yuk yoki bagaj yo‘qolganligi, kam chiqqanligi yoki ularga shikast yetkazilganligi (buzilganligi) uchun qaysi hollarda javobgar bo‘ladi?

75.Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda besh yoshgacha bo‘lgan bir bolani alohida joy berilmagan holda olib yurilganda yo‘lkira haqining qancha foiz miqdorida pul to‘lanadi?

76.Avtomobil transportini davlat tomonidan tartibga solish yullarini to‘liq aks ettirgan javobni toping?

77.Kimlar yo‘lovchi tashish shartnomasining taraflari bo‘lishi mumkin?

78.Shahar yo‘lovchilar transportidan foydalanganda yo‘lovchilar g‘ilofsiz o‘qotar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurishlari mumkinmi?

79.Yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashiganlik uchun qanday tartibda haq olinadi?

80.Qanday talabgorlarning tenderda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi?

81.Avtotransport vositalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi qaysi organ tomonidan belgilanadi?

82.Avtomobilda yukni vazni belgilangandan 20 foizga oshirilishi nimalarga olib kelishi mumkin?

83.Texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti nima?

84.Yuk tashishda avtomobil transporti ishi nimada o‘lchanadi?

85.Yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti nima?

86.Yuk tashishda bosib o‘tilgan masofadan foydalanish koeffitsiyenti nima?

87.Parkdan foydalanish koeffitsiyenti nima?

88.Shinalardagi tavsiya etiladigan bosimni sezilarli kamayishi nimaga olib keladi?

89.Texnik xizmat ko‘rsatish to‘liq turlarini ko‘rsating?

90.Yo‘lovchilar qanday ko‘l yuklarini shaharlar yo‘lovchi transportida bepul olib yurishlari mumkin?

91.Yo‘nalishning shartli belgilar quyilgan grafik tasviri qanday nomlanadi?

92.O‘zbekiston Respublikasi xududida “TIR” kitobchasi qaysi organ tomonidan beriladi?

93.“TIR Karnet” belgisiga ega bo‘lgan transport vositasi ishtirokida yo‘l-transport xodisasi sodir etilganda tovarlar bilan bo‘ladigan barcha operatsiyalar qanday tartibda amalga oshiriladi?

94.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa IKning direktiv talabalariga binoan xalqaro tashishlarda qatnashuvchi avtotransport vositalarining eng katta umumiy balandligi qancha bo‘lishi kerak?

95.BMT YeIKning direktiv talabalariga binoan xalqaro tashishlarda qatnashuvchi avtotransport vositalarining eng katta umumiy kengligi qancha bo‘lishi mumkin ?

96.“Inkoterms” nima?

97.Xalqaro tashishlar jarayonida haydovchi tomonidan transport vositasini maksimal uzluksiz boshqarish vaqti qancha bo‘lishi mumkin?

98.Xalqaro tashishlarda transport vositasini uzluksiz 4,5 soat boshqargandan so‘ng haydovchining dam olish vaqti kancha bo‘lishi kerak?

99.Xalqaro avtomobil tashuvlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari xaydovchilarining eng kichik yoshi necha bo‘lishi kerak?

100.Xalqaro avtomobil tashuvlarida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi transport vositalari xaydovchilarining eng kichik yoshi necha bo‘lishi kerak?

101.Xalqaro tashishlarda avtotransport vositasini eng uzog‘i bilan boshqarish vaqti kancha bo‘lishi kerak?

102.Ruxsat etilgan eng yuqori og‘irlik – bu:

103.Qiymati e’lon qilingan yuk tashishga taqdim etilganda yukni jo‘natuvchi nechta nusxada yuk o‘rinlari ro‘yxatini tuzishga majburdir.

104.Avtomobil yuk tashuvlarida tovar-transport yukxati – bu:

105.Yukning massasi yoki sonini aniqlashuchun nima qilish kerak?

106.Tashuvchining avtotransport vositasi yuklash uchun kelish vaqti qaysi paytdan hisoblanadi?

107.Tashuvchining avtotransport vositasi tushirish uchun kelgan vaqt qaysi paytdan hisoblanadi?

108.Tashuvchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bo‘yicha yukni oluvchi yukni qabul qilishni rad etgan taqdirda, yukni nima qilish kerak, to‘g‘ri javoblarni toping?

109.Qaysi kundan boshlab shahar va shahar atrofida tashishda mijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi bo‘yicha yukni yo‘qotilgan deb hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir?

110.Qaysi kundan boshlab shaharalararo tashishdamijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi bo‘yicha yukni yo‘qotilgan deb hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir?

111.Qaysi kundan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralash tashishdamijoz, agar yuk yukni oluvchining talabi bo‘yicha yukni yo‘qotilgan deb hisoblashga va yuk yo‘qotilganligini qoplashni talab qilishga haqlidir?

112.Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati qanchadan oshib ketishi mumkin emas?

113.Yillik ta’tilning eng ko‘p muddati:

114.Haydovchining 1 haftadagi ish vaqtining normal muddati:

115.Texnik reglament – bu:

116.Texnik reglamentlarning turlari?

117.Maxsus texnik reglament –bu?

118.Umumiy texnik reglament-bu?

119.Tasdiqlangan umumiy va maxsus texnik reglamentlar qaysi paytdan boshlab amalga kiritiladi?

120.Ish beruvchi xodim tomonidan mehnat intizomini buzgani uchun qo‘llaydigan intizomiy jazo choralar turlari qanaqa?

121.Intizomiy jazolarni qo‘llanish tartibi to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping?

122.Xodim sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni to‘lash – bu?

123.Korxonada mehnat muhofazasi xizmatini tashkil etish shartlari?

124.Korxonada mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qanday yo‘riqnomalar o‘tkaziladi?

125.Qaysi vaqt tungi vaqt hisoblanadi?

126.Smenali ishda ishlovchi haydovchining kundalik dam olish vaqtining eng kam muddati qancha?

127.Korxonaning lokal xujjatlari to‘g‘ri va to‘liq ko‘rsatilgan javobni toping?

128.O‘zbekiston Respublikasida transport vositalarining eng katta gabarit balandligi qancha bo‘lishi kerak?

129.Xavfli yuklar nechta sinfga tasniflanadi?

130.Qaysi muddatga xavfli yuklarni tashishga haydovchining sertifikati beriladi?

131.Yo‘nalishli taksilar tushunchasi to‘liq aks ettirilgan javobni toping?

132.Shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:

133.Yo‘lovchilar yo‘lkira kartochkalari .......:

134.Bagajning buzilganligi, shikastlanganligi yoki kamomadini qoplash uchun tashuvchiga yo‘lovchilarning e’tirozlari qaysi kundan boshlab berilishi mumkin?

135.Bagaj yo‘qolganligi uchun zararni qoplash to‘g‘risidagi tashuvchiga yo‘lovchilarning e’tirozlari qaysi kundan boshlab berilishi mumkin?

136.Avtomobil qatnovidagi tashishlardan paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yichatashuvchi e’tiroz olingan kundan boshlab qanday muddatda e’tirozni ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart.

137.To‘g‘ri, aralash qatnovlarda paydo bo‘ladigan e’tirozlar bo‘yichatashuvchi e’tiroz olingan kundan boshlab qanday muddatda e’tirozni ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart.

138.Jarima to‘lash to‘g‘risidagi e’tirozlar bo‘yicha tashuvchi e’tiroz olingan kundan boshlab qanday muddatda e’tirozni ko‘rib chiqishi va uning qanoatlantirishi to‘g‘risida arizachiga xabar berishi shart.

139.Avtobuslarda yo‘lovchilar tashish xavfsizligi bevosita yo‘nalishlarda kimlar tomonidan ta’minlanadi?

140.Shaharlararo, tog‘ yo‘nalishlariga, shuningdek bir martalik buyurtmalar bo‘yicha sayyohat-ekskursiya tashishlariga va bolalarni tashishga avtobus haydovchilariga qo‘yiladigan talablar:

141.Qaysi tashuvchilar yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish avtobus yo‘nalishlarida ishlash xuquqiga ega?

142.Shahar va shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishda avtobusdagi yo‘lovchilar soni qanchadan oshmasligi kerak?

143.Shaharlararo, tog‘, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida, bolalarni tashishda va bir martalik tashishlarda yo‘lovchilar tashishda avtobusdagi yo‘lovchilar soni qanchadan oshmasligi kerak?

144.Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarda, sayohat-ekskursiya yo‘nalishlarida avtobuslar harakati jadvalida haydovchining majburiy dam olishi tartibi?

145.Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni shaharlararo sayohat-ekskursiyalarga olib borish tartibi.

146.Mas’uliyati cheklangan jamiyat bu:

147.Mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischilarining soni:

148.Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) tarkibi:

149.Jamiyatning boshqaruv organlari:

150.Jamiyatni qayta tashkil etishni to‘liq ko‘rsatilgan shakllarini toping?

151.Xususiy korxona– bu:

152.Xususiy korxonaning ustav fondi:

153.Xususiy korxonani boshqarish:

154.Agar korxonaning Nizomida avtomobil transportida yuklarni va yo‘lovchilarni tashish faoliyati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, unda:

155.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tug‘risidagi Qonunga muvofiq, naf oluvchi-bu;

156.Tashuvchining fuqaroligini javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi -bu;

157.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli kim tomonidan belgilanadi;

158.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti qanday xisoblab chiqariladi;

159.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq,sug‘urta tovoni bevosita jabrlanuvchiga yoki nav oluvchiga qanday muddatda to‘lanishi shart;

160.Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq, sug‘urtalovchining sug‘urta tovonini to‘lash xaqidagi yoki to‘lashni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qarari tashuvchiga qanday muddatda xabar qilinishi kerak;

Sayt test rejimida ishlamoqda!