Click to listen highlighted text!

Skip links

“Termiz — Dushanbe — Qashg‘ar” yo‘nalishida ilk avtokarvon yo‘lga chiqdi

image_pdfimage_print

Bugun Surxondaryo viloyatining Termiz shahridan «O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy» yo‘nalishida yangi trasport kooridori bo‘yicha tajriba-sinov avtokarvoni yo‘lga chiqdi.
Ushbu avtokarvon O‘zbekiston va Tojikistondan Xitoyga yuklarni to‘g‘ridan- to‘g‘ri yetkazib berish imkoniyatlari va tranzit salohiyatining mavjud biroq to‘liq foydalanilmayotgan quvvatlarini namoyon etib beradi.
“Termiz — Dushanbe — Qashg‘ar” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilayotgan ushbu avtokarvon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 apreldagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur avtokarvonda har uchala davlatdan ikkitadan katta hajmli yuk avtomobillari ishtirok etishmoqda. Bugun “Termez Cargo Centr” logistika terminalidan yuk ortgan jami 6 ta avtomobil “Termiz (O‘zbekiston Respublikasi) – Dushanbe, Vahdat, Ko‘lob, Qal’ai Xumb, Xorug‘, Kulma (Tojikiston Respublikasi) – Qashg‘ar (Xitoy Xalq Respublikasi) yo‘nalishida harakatlanib umumiy hisobda 1422 km masofani bosib o‘tadi.
Ushbu loyiha avtomobil transportida xalqaro tashishlarni amalga oshirish yo‘nalishida davlatlar hamkorligini yanada rivojlantirib, savdo- iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishiga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shadi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!