Click to listen highlighted text!

Skip links

Ruxsatnoma blankalarini elektron tarzda olish mumkin

image_pdfimage_print

Bugun barcha sohalarga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, bu orqali esa ish samarodorligini bir necha barobarga oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, aynan zamonaviy texnologiyalar va turli- tuman gadjetlar allaqachon hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan. Aynan shu jihatlarni inobatga olib mamlakatimiz hukumati tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarini mukammalshtirish va sonini ko‘paytirishga qaratilgan qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida esa yuridik shaxslarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda davlat xizmatlarini taqdim etishni ta’minlashga qaratilgan “Elektron hukumat” tizimini keltirish mumkin.

Transport vazirligi tomonidan ham mazkur tizimni amaliyotga keng joriy etish va doimiy ravishda takomillashtirib borish maqsadida bosqichma- bosqich ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, davlatimiz rahbarining 2019 yil 6 mart kuni qabul qilingan “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4230-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida xalqaro miqiyosda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘p tomonlama ruxsatnomalar (Dazvol) berish yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi bilan qator qulayliklar yaratildi. Endi respublikamizning istalgan hududidagi tadbirkorlar onlayn tarzda o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda arizalarni elektron tarzda jo‘natishi mumkin. Bunda ularning vaqti tejaladi, ortiqcha ovoragarchiliklarga barham beriladi. Eng muhimi esa turli xil korrupsiya holatlarning oldini olishga erishiladi. Tizim to‘lig‘icha shaffof faoliyat ko‘rsatib, inson omili mutlaqo jarayonda ishtirok etmaydi. Arizalarning holatini istalgan hududdan turib onlayn kuzatib borish imkoni mavjud. Foydalanuvchilar o‘z shaxsiy kabinetlari orqali balansidagi pul mablag‘lari qoldig‘i to‘g‘risida, olingan hamda ishlatilgan ruxsatnomalar haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek, solishtirma dalolatnomalarni ham olishi mumkin.

Hozirda vazirlik tomonidan xalqaro litsenziyaga ega bo‘lgan milliy tashuvchilarning elektron bazasi to‘liq shaklantirish ishlari yakunlanish arafasida. Ushbu jarayon nihoyasiga yetgach ayni damda sinov tariqasida ishlayotgan tizim to‘laqonli ravishda faoliyat ko‘rsatishni boshlaydi. Xalqaro avtomobilda tashishga xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olish uchun arizalar ular olingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi. Arizalar uchun undiriladigan davlat boji bazaviy hisob- kitob narxining 4/1 qismi ya’ni 55 750 so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi bilan 28 ta davlat o‘rtasida ko‘p tomonlama ruxsatnomalar ayriboshlanadi. Mamlakatimizda xalqaro miqiyosda yuk tashish bilan shug‘ullanayotgan 913 ta tadbirkorlik sub’ekti mavjud.

Haydovchilar va transport korxonalari rahbarlari diqqatiga. Agar siz xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni sotish holatlariga guvoh bo‘lsangiz Transport vazirligining (71) 202 55 22 yoki 1167 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ushbu holatlar bo‘yicha ma’lumot berishingizni so‘raymiz. Xorijiy ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni sotish bilan shug‘ullangan korxonalarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq chora ko‘riladi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!