Click to listen highlighted text!

Skip links

Farg‘ona vodiysida shaharlararo muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

image_pdfimage_print

Bugun Farg‘ona shahridagi avtoshoxbekatda transport vazirligi tomonidan “Farg‘ona-Andijon”, “Farg‘ona-Namangan” va “Farg‘ona-Beshariq” shaharlararo yo‘nalishlarida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishlarda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasining 14 ta Yutong rusumli zamonaviy avtobuslari ajratildi.

Ushbu yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlarining yo‘lga qo‘yilishi vodiy ahli uchun mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda o‘ziga hos bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Bugungi kunda transport vazirligi tomonidan yo‘lovchilarni manzillariga o‘z vaqtida va xavfsiz etkazib qo‘yish, tashuvlar jarayonidagi servis xizmatlari sifatini oshirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, mamlakatimizning chekka hududlarida ham jamoat tarnsporti qatnovini tashkil etish, joylardagi infratuzilma obyektlarini rekonstruktsiya qilish va yangilarini barpo etish, hududlarda oraliq bekatlarini qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa mamlakatimiz aholisiga munosib turmush sharoitlarini yaratishdan iboratdir.

Farg‘ona vodiysida shaharlararo tashkil etilgan muntazam avtobus qatnovlari yo‘nalishlarida yo‘lkira narxining arozonligi ayniqsa barchaga manzur bo‘ldi. Jumladan, masofasi 65 km teng bo‘lgan “Farg‘ona-Andijon” avtobus yo‘nalishida chipta narxi 11 000 so‘m, “Farg‘ona-Namangan” yo‘nalishida esa 14 000 so‘m, “Farg‘ona-Beshariq” yo‘nalishida esa 18 000 so‘m etib belgilandi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!