Click to listen highlighted text!

Skip links

Atirauda yuk avtomobillariga shikast yetkazilishi bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olindi

image_pdfimage_print

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va informatsion saytlarda tarqalgan O‘zbekistonlik yuk haydovchilari avtomobillarining 7 sentyabr kuni Qozog‘iston Respublikasining Atirau shahri hududida noma’lum shaxslar tomonidan tosh otib shikast yetkazilganligi holati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi rahbariyati vaziyatni nazoratga olish va ro‘y bergan holatga oydinlik kiritish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsuli bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Ayni damda ushbu holat O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulligi nazoratiga olindi. Ro‘y bergan hodisa yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ish olib bormoqda.
7 sentyabr kuni ro‘y bergan hodisaga batafsil oydinlik kiritish maqsadida jabrlangan haydovchilarni O‘zbekiston Respublikasining Aktau shahridagi bosh konsulining + 7777 599 00 50 telefon raqamiga murojat qilib ariza qoldirishlarini so‘raymiz.

Hurmatli haydovchilar eslatib o‘tamiz Aktau shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!