Click to listen highlighted text!

Skip links

Temir yo‘l kesishmalaridan o‘tishda hushyor bo‘ling!

image_pdfimage_print

Bugun 10 sentyabr soat 03:50 da “Obliq” temir yo‘l stantsiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shoxobchasi kesishmasida mashinist Mamadaliev boshqaruvida bo‘lgan TEM2 №2393 seriyali teplovoz va yuk avtomobili ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Mazkur tartibga solingan temir yo‘l kesishmasida yorug‘lik signalizatsiyasi va shlagbaum o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, yuk avtomobili noma’lum sabablarga ko‘ra shlagbaumning taqiqlovchi ishorasiga qaramasdan harakatlanib kelib yuk poezdining № 64303340, 62751417, 60510815 raqamli bo‘sh vagonlariga uriladi. To‘qnashuv natijasida uchta vagon relsdan chiqib ketib, temir yo‘l kesishmasining qarama qarshi qismida turgan “Damas” rusumli avtomobilga urilishi natijasida 3 nafar kishi halok bo‘ldi. Ayni damda sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi barcha haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etishni va temir yo‘l kesishmalariga yaqinlashayotgan vaqtda hushyorlikni oshirishga chaqiradi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!