Click to listen highlighted text!

Skip links

“Yevropa harakatlanish haftasi” global aksiyasi doirasida davra suhbati tashkil etildi

image_pdfimage_print

Bugun poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda jurnalistlar ishtirokida “Yevropa harakatlanish haftasi” global aksiyasi doirasida harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbir Toshkent shahrida harakatlanish va yo‘l harakati xavfsizligining dolzarb muammolarini ochiq muhokama qilish va kelgusidagi rivojlanish, hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ta’minlaydigan boshqa mamlakatlarning ilg‘or amaliyotlariga oid tajriba almashishga yo‘naltirilgan.

Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari, elchi Eduard Stiprays, shuningdek, BMTning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakili Jan Todt, Evropa Ittifoqining yo‘l xavfsizligi va harakatlanish bo‘yicha loyihasi rahabari, DATS Consulting boshqaruvchi direktori Adnan Rahmonlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Joriy yildan e’tiboran Toshkent Yevropa Harakatlanish haftaligi xalqaro kampaniyasining rasmiy ishtirokchisiga aylandi. 2019 yilgi tadbirlar mavzusi shahar sharoitida piyodalar harakatini faol rivojlantirishga qaratilgan («Safe walking and cycling») Xavfsiz yurish va velosipedda yurishga bag‘ishlangan. Bu yili ushbu haftalikda dunyoning 2450 dan ortiq shaharlari ishtirok etmoqda. O‘zbekistonda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Yevropa harakatlanish haftasi 22- sentyabrga qadar davom etadi. Poytaxt aholisi va mehmonlarini hafta davomida ikkita asosiy tadbir: 19- sentyabrdagi Bepul Metro kuni va 22- sentyabrdagi “Avotomobilsiz kun” aktsiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!