Click to listen highlighted text!

Avtomobil transportida xalqaro tashuvlarini amalga oshiruvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 martdagi 202-sonli “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarga bo‘lgan bir yillik umumiy ehtiyojni aniqlash maqsadida milliy tashuvchilardan 2020 yil uchun buyurtmanomalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi.
Buyurtmanomalarda (yuk tashish uchun) rejalashtirilgan avtomobil qatnovlari, xalqaro qatnovchi avtomobillari soni, tashuvchining har bir davlat bo‘yicha xalqaro/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalariga yillik ehtiyoji jadval ko‘rinishida taqdim etilishi lozim.

Buyurtmanomalar tashuvchilarning real imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda tuzilib, asossiz ravishda keragidan ortiq ruxsatnoma blankalari so‘ralmasligi lozim.
Milliy xalqaro tashuvchilardan buyurtmanomalar joriy yilning 1 oktyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Ish jarayonini yanada tezlashtirish maqsadida, yillik buyurtmanomalarni quyida ko‘rsatilgan elektron manzilimizga jo‘natishingiz mumkin:
permits@mintrans.uz.

Buyurtmanomalarni o‘z vaqtida topshirmaslik 2020 yilda xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni olishingizga ta’sir qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Click to listen highlighted text!