Click to listen highlighted text!

Skip links

Andijon – Oʻsh yoʻnalishi boʻyicha mikroavtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

image_pdfimage_print

Bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari namunasi o‘laroq “Andijon-O‘sh” yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi! Shu munosabat bilan Andijon shahridagi bosh avtoshohbekatda oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Transport vazirliklari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda keyingi yillarda qoʻshnilik munosabatlari, doʻstlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlangani, qoʻshni davlatga borish-kelishdagi toʻsiqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklarning olib tashlangani asrlar davomida qoʻshni yashayotgan ikki xalq aholisini behad quvontirgani taʼkidlandi.

– Endilikda har kuni Andijon – Oʻsh yoʻnalishida Oʻzbekistondan va Qirgʻizistondan 8 tadan mikroavtobus qatnaydi, – deydi “Buyuk Qurilish Elit“ masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Anvarjon Nurmatov. – Bu xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilashga xizmat qilish bilan birga, fuqarolarimizning borish-kelishlari uchun katta qulaylik yaratadi.

O’zbekiston Respublkasi Transport vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!