Click to listen highlighted text!

Skip links

Afg‘onistonda tranzit temir yo‘llar qurish masalasi muhokama etilmoqda

image_pdfimage_print

Poytaxtimizda Rossiya Fedaratsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi temir yo‘l ma’muriyati vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Afg‘oniston orqali tranzit temir yo‘llar qurilishi bo‘yicha ko‘p tomonlama ishchi guruhining ikkinchi uchrashuvi 27 sentyabrga qadar davom etadi.

Uchrashuv davomida ko‘p tomonlama ishchi guruhining 2019 yil 25-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan, birinchi uchrashuvi bayonnomasida belgilangan vazifalar ijrosining borishi ko‘rib chiqiladi. Chuningdek, ishchi guruhi a’zolarining navbatdagi vazifalari muhokama etiladi.

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!