Click to listen highlighted text!

Skip links

“Sian-Toshkent-Sian” charter reysi tantanali ravishda kutib olindi

image_pdfimage_print

Transport vazirligi va “Uzbekistan airports” AJ tomonidan Toshkentga ilk parvozni amalga oshirgan «Zhejang Loong Airlines» aviakompaniyasi samolyoti tantanali ravishda kutib olindi. An’anaga muvofiq samolyot favvora arkasidan o‘tdi. Ushbu reys bilan mamlakatimizga kelgan sayyohlar karnay-surnay sadolari ostida qarshi olindi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasi sohasini rivojlantirish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Milliy va xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilgan holda istiqbolli xorijiy mamlakatlar shaharlari bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish va parvozlar geografiyasini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimining ortishiga ta’sir etmoqda.

Mazkur jarayonda Transport vazirligi tomonidan O‘zbekiston bozoriga kirish istagida bo‘lgan xorijiy aviakompaniyalarning takliflarini o‘rganib chiqish, parvozlarni yo‘lga qo‘yish borasida ularga yaqindan ko‘mak berilmoqda. Bugun Xitoyning «Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.» aviakompaniyasi “Sian-Toshkent-Sian” yo‘nalishi bo‘ylab mamlakatimizga ilk charter reysini amalga oshirishi buning yorqin misoli bo‘la oladi.

Yil sayin butun dunyo bo‘ylab Xitoylik sayyohlar oqimi jadal o‘sib bormoqda. 2021 yilga kelib xorijiy mamlakatlarga chiqayotgan kun chiqar yurt sayyohlari soni 200 mln kishiga borib etishi kutilyapti. Ular o‘z safarlari davomida sarflaydigan mablag‘ miqdori esa 400 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi. Aynan ushbu jihatni inobatga olganda “Sian-Toshkent-Sian” reysining yo‘lga qo‘yilishi juda ahamiyatli. Mazkur yo‘nalishda aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishiga Shensi provinsiyasidagi sayyohlik kompaniyalari ham katta qiziqish bildirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida aviatsiya sohasidagi hamkorlik 1994 yilning 19 aprel kuni Toshkentda imzolangan havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim hamda ikki davlat aviatsiya hukumatlari darajasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumlari orqali tartibga solinadi. Bugungigi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “China Southern Airlines” aviakompaniyalari o‘zaro ikki tomonlama kelishuvlarda belgilangan Toshkent-Pekin va Toshkent-Urumchi yo‘nalishlarida haftasiga ikki marotaba doimiy parvozlarni amalga oshirib kelmoqda.

Amaldagi ikki tomonlama kelishuvlarga muvofiq ayni damda Sian shahri tasdiqlangan kompaniyalar tomonidan doimiy parvozlarni amalga oshirish manzili sifatida belgilanmagan. Hozirda ikki davlat transport vazirliklari va tegishli idoralari tomnidan “Sian-Toshkent-Sian” charter reys parvozlarini kelgusida muntazam ravishda amalga oshirishni tashkil etish masalasi hal etilmoqda. Qolaversa, ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar chastotasini haftasiga 15 taga yetkazish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, Xitoyning Sanya, Iu, Guandjou va Shanxay kabi shaharlariga ham aviaqatnovlarni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!