Click to listen highlighted text!

Skip links

Pokiston bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish masalasi muhokama qilindi

image_pdfimage_print

Bugun transport vazirligida Pokiston Islom Respublikasi parlamenti kotibi Muhammad Yaqub Shayx boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Transport vaziri o‘rinbosari D.Dexkanov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tomonlar transport infratuzilmalari imkoniyatlaridan keng va oqilona foydalanish oraqali ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, tovar aylanmasi hajmini oshirish masalalarini muhokama etishdi.

Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyati, yirik bozori bilan O‘zbekiston uchun istiqbollidir. Ayniqsa mamlakatning Kasim va Karachi portlari orqali mahsulotlarni qisqa fursatda Yaqin Sharq bozoriga yetkazish imkoniyati mavjud. Uchrashuvda aynan shu jihatlarni inobatga olgan holda yangi transport yo‘laklari va kooridorlarni tashkil etish orqali transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, yuk konteynerlari orqali tashuvlar hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni birgalikda amaliyotga tadbiq etish borasida kelishib olishdi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!