Click to listen highlighted text!

Skip links

O‘zbekiston va Xitoy aviatsiya sohasidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda

image_pdfimage_print

Joriy yilning 31 oktyabr kuni Pekinda O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Transport vazirligi delegatsiyasini Xitoy fuqaro aviatsiyasi Xalqaro ishlar departamenti bosh direktorining o‘rinbosari Bayi Venli xonim qabul qildi.

Muzokaralarda aviatsiya qatnovlari sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi parvozlarni ko‘paytirish, tayinlangan aviakompaniyalarning parvozlar geografiyasini kengaytirish va amalga oshirilayotgan reyslarni Pekin shahridagi yangi “Dasin” xalqaro aeroportiga o‘tkazish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qatnovchi aviakompaniyalarning reyslarini haftasiga 15 tagacha oshirish, ikki davlat aviatsiya hukumati o‘rtasidagi mavjud kelishuvga Pekin, Urumchi, Shanxay, Guanchjou, Tyanzin kabi ruxsat etilgan shaharlar qatoriga aviakompaniyalar parvozlarni amalga oshirishda Sian, Sanya, Iu va Chendu shaharlarini qo‘shish masalasida ham kelishib olindi. Shuningdek, aviakompaniyalar reyslarini Pekin shahridagi yangi “Dasin” xalqaro aeroportiga o‘tkazish yuzasidan kelishuvga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!