Click to listen highlighted text!

Skip links

Inspektorlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda

image_pdfimage_print

Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida Toshkent shahar transport boshqarmasining “Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat bo‘limi inspektorlari” uchun malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. 18 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari inspektorlarning ma’rifat va madaniyatini oshirish, muloqot etikasiga rioya etish, fuqarolar bilan muloqot davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarni bartaraf etish usullari kabi mavzularda bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan tayanch o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan.

O‘quv mashg‘ulotlariga o‘z sohasining etuk mutaxassislari jalb etilgan. Jumladan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti falsafa fanlari doktori, psixolog D.To‘raeva, institut dotsenti B.Tursunboev hamda i. f. d. , professor G.Shodiyevalar o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Malaka oshirish kurslarida “Muloqot psixologiyasi va etikasi”, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va ma’muriy amaliyoti”, “Avtomobil transporti sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar”, “Xalqaro tashuvlarni tashkil etishning xususiyatlari” kabi modullar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!