Click to listen highlighted text!

Skip links

“Nurafshon-Avtotrans-Servis” DUK ga 50 ta avtobus xarid qilindi

image_pdfimage_print

Bugun mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham aholining transport xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, mazkur yo‘nalishda sifatli servis xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati ma’muriy markazi Nurafshon shahrini viloyatning boshqa tumanlari bilan bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish va bu orqali jamoat transporti qamrovini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2018 yilning 28 avgust kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Avtomobil transporti agentligi rahbarlari bilan o‘tkazgan muloqoti davomida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda aholiga avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jami 13 ta unitar korxonalar tashkil etildi.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan “Nurafshon-Avtotrans-Servis” DUK ga 2018 yilda jami 20 ta ISUZU avtobuslari sotib olindi. Yangi avtobuslar aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda “Burgalik-Qorasuv”, “Nurafshon-Olmazor metro bekati”, “Nurafshon-Istiqlol-Amir Temur hiyoboni” yo‘nalishlarida qatnovga qo‘yildi.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tijorat banklarining viloyat boshqarmalari hamda tashkilotlarining Nurafshon shahriga ko‘chirilishi sabab bu yerga Toshkent viloyatining boshqa tumanlaridan kelayotgan yo‘lovchilar oqimi kun sayin ortib bormoqda. Aynan ushbu jihatlarni inobatga olib, transport vazirligi huzuridagi “Nurafshon-Avtotrans-Servis” DUK ga 30 ta ISUZU SAZ HC 40 va 20 ta SAZ NP 26 rusumli avtobuslar xarid qilinishi yuzasidan «Samarqand avtomobil zavodi» bilan shartnoma imzolangan edi.

Bugungi kunda 30 dona SAZ HC 40 va 14 dona SAZ NP 26 rusumli avtobuslar korxonaga keltirilgan bo‘lib, to‘lov ishlari hamda rasmiylashtirish jarayonlari olib borilmoqda. Yangi 50 ta avtobusning xarid qilinishi ortidan korxonada qo‘shimcha 110 ta ishchi o‘rni yaratilishiga erishiladi. Ushbu avtobuslarni “Nurafshon-Chirchiq”, “Nurafshon-Chinoz”, “Nurafshon-Oqqo‘rg‘on”, “Nurafshon-Parkent”, “Nurafshon-Ohangaron”, “Chinoz-Toshkent”, “Qo‘yliq-Jumabozor” kabi yo‘nalishlarda qatnovlarga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!