Click to listen highlighted text!

Skip links

Xavfsizlik qoidalariga rioya etmagan avtobus haydovchisiga chora ko‘rildi

image_pdfimage_print

Joriy yilning ikkinchi noyabr kuni ijtimoiy taramoqlarda “Toshshahartransxizmat” AJ ga tegishli bo‘lgan “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi va chipta sotuvchi yo‘lda harakatlanish vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan smartfonda video tomosha qilib ketayotgani tasvirlangan lavha tarqaldi. Ushbu holat ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

“Toshshahartransxizmat” AJ rahbariyati mazkur holatga oydinlik kiritish yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Ushbu holat 8- avtobus saroyiga qarashli 118- yo‘nalishda xizmat faoliyatini olib boruvchi haydovchi M. Sidiqov va chiptachi F. Rasulov tomonidan sodir etilgani aniqlandi. “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha ularning har ikkisiga nisbatan intizomiy chora ko‘rilgan. Ular haydovchilik va chiptachilikdan olinib xo‘jalik ishlariga jalb etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!