Click to listen highlighted text!

Skip links

Yo‘lovchi tashuvchi korxona rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

image_pdfimage_print

Mamlakatimizda transport sohasida olib borilayotgan islohotlar, sohaga doir qabul qilinayotgan yangi qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga tushuntirish, joylarda xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish yuzasidan Toshkent viloyati transport boshqarmasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Avtomobil tashuvlarini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i A.Xanbabaev, Yo‘lovchi va yuk avto tashuvlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Isaev, Аvtobekatlar va avtovokzallar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i J.Mirkasimov va Toshkent viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov hamda Toshkent viloyati transport boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tgan Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlaridagi yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda uyushma rahbarlariga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash, yo‘nalishlarga chiqayotgan har bir transport vositalarini muntazam ravishda texnik ko‘rikdan, haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan qat’iy ravishda o‘tkazish, transport vostalarining sanitar holatlarini nazorat qilib borish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobus va mikroavtobus haydovchilari xavfsiz hamda yo‘llarda tirbandliklar keltirib chiqarmaslik maqsadida tartibli harakatlanishi, oraliq va oxirgi to‘xtash bekatlarida yo‘lovchilarni xavfsiz tushib chiqishini ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi aytildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tender tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 351-sonli va 368-sonli qaroriga muvofiq, hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi tomonidan Adliya vazirligiga Tender tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha nizomga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritish maqsadida taklif berilganligi yuzasidan korxona rahbarlariga ma’lumot berildi. Bunda tender bitimi tugagan yo‘nalishlarning tender bitimi uzaytirilmasdan qayta Ochiq tender tanlovlariga qo‘yilishi, yo‘nalishdagi transport vositalarining zamonaviy va qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lishi esa tender tanlovlarida qo‘shimcha ball to‘plash imkonini berishi aytib o‘tildi. Shu bois uyushmalar avtoparkini o‘z vaqtida yangilash choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Chunki yangi transport vositalariga ega korxonalarning kelgusida o‘tkaziladigan tenderlarda g‘oliblikka erishish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Ochiq muloqot davomida korxona rahbarlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!