Click to listen highlighted text!

Skip links

DAVLAT XIZMATLARI QOIDALARI

1. Xizmatlarni tushuntirish.

1.1. Xizmatlarning nomi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni foydalanishga qabul qilish loyihalari va ishlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Xizmatlar natijasi.

Vazirlik tomonidan ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni foydalanishga qabul qilish loyihalari va ishlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazgandan keyin, tadbirkorlik sub’ektiga ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ruxsat beruvchi xulosa beriladi.

Xulosa berilgandan so‘ng kerakli ma’lumotlar ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinadi va Vazirlikning veb-saytiga joylashtiriladi.

1.3. Xizmatlar ko‘rsatuvchi organ.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

1.4. Xuquqiy asoslari:

“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrdagi O‘RQ-341-sonli Qonunini,  “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-sonli Qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2013 yil 19 noyabrdagi 310-sonli qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2019 yil 19 aprel 336-sonli qarori.

1.5. Qabul qiluvchilar.

Xulosa olish uchun tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilib olgan Vazirlik vakili.

1.6. Bajarish muddati.

Barcha kerakli hujjatlar ariza bilan taqdim etilgan kundan keyin, xulosa berish muddati 15 ish kuni qilib belgilangan.

Xulosa olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Vazirlikga bevosita, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Xulosa olish uchun Vazirlik vakiliga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat Vazirlik tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi bilan ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).

2. Xizmatlar oluvchilarni xabardor qilish

2.1. Axborotning tarkibi va ko‘lami

Vazirlik berilgan xulosalar reyestrini yuritadi va Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Vazirlikga tadbirkorlik sub’ekti tomonidan og‘zaki yoki yozma ravishda murojat qilinganda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va malakali maslaxati uchun xech qanday xaq talab qilinmaydi.

Vazirlik tomonidan beriladigan xulosalar va xulosalarni bekor qilish xaqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

2.2. Keng ma’lumotlar

Tadbirkorlik sub’ektlariga ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ularni foydalanishga qabul qilish loyihalari va ishlarini belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazgandan keyin, belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ruxsat beruvchi xulosa berish xaqidagi ma’lumotlarning tartibini tashkilotlar va korxonalarning sharoitlarini o‘rganish vaqtida va profilaktika ishlari o‘tqazilayotganda, hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytida to‘liq ma’lumotlar beriladi (www.mintrans.uz).

2.3. So‘rov bo‘yicha ma’lumot

Shaxsan: har kuni ish vaqtida soat 09-00 dan 18-00 gacha xulosa olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi og‘zaki yoki yozma tarzda standart matnda maslaxat olishi mumkin.

Telefon orqali: har kuni ish vaqtida soat 09-00 dan 18-00 gacha xulosa olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi, ko‘p bo‘lmagan ma’lumotlarni olishi mumkin (tel.: (71) 202-05-01 (520).

Elektron pochta orqali info@mintrans.uz: umumiy matn shaklida yoki boshqa matn shaklidagi har qanday yozma so‘rovlarni qabul qilinadi

2.4. Xizmatlar ko‘rsatish joylashgan manzili:

Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 uy, ind.: 100128, (avtobuslar bekati 9, 57, marshrut taksilar 38, 91)

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2-qavat, 202a  kabinet

tel.: (71) 202-05-01 (520)

2.5.  Ishlatiladigan hujjatlarning blanklari

Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun, arizada to‘ldirilgan qo‘shilgan hujjatlar.

3. Xizmatlar ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti

Ish vaqtida har kuni dushanbadan jumagacha soat 09-00 dan 18-00 gacha, tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00gacha.

3.2. Kutish shartlari

Mijozlarnini qabul qilish, tartibni shakllantirish usulida, telefon yozuvlari orqali.

4. Xizmatlar ko‘rsatish tartibi

4.1. Kerakli hujjatlar

Xulosa olish uchun ariza beruvchi Vazirlikga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan xulosa berish to‘g‘risidagi ariza;

yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

tashkilot rahbariyati tomonidan belgilangan tashkilotning ichki nazorati bo‘yicha ariza beruvchining talablari keltirilgan holda, temir yo‘l transporti sohasidagi ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, ariza beruvchi tomonidan ishlab chiqilgan, temir yo‘l transporti sohasida amalga oshiriladigan ishlarni bajarish texnologiyasi (temir yo‘l harakat tarkibining xizmat muddatini uzaytirish uchun texnik diagnostika metodikasi).

4.2. Xizmatlar narxi.

Xulosa berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.3. Davlat xizmatlarining bosqichlari.

Vazirlik mutaxassislari arizani ko‘rib chiqadi, loyihalarni hamda ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ekspertizadan o‘tkazadi, so‘ngra hujjatlar qabul qilib olingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmaydigan muddatda xulosa beradi yoki xulosa berishni rad etadi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi

Agar Vazirlik o‘n besh ish kuni mobaynida ariza beruvchiga xulosani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat o‘tgach ariza beruvchi, bu to‘g‘rida Vazirlikni yozma ravishda xabardor qilgan holda, o‘zi amalga oshirish uchun xulosa olmoqchi bo‘lgan loyihalarni hamda ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.

Vazirlik ariza beruvchining yozma shakldagi xabarnomasini olgach, besh ish kuni mobaynida unga xulosa berishi shart. Xulosa olingungacha, qabul qilib olingan sanasi ko‘rsatilgan holdagi taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati hamda ariza beruvchi tomonidan Vazirlikga yuborilgan xabarnoma xulosaga tenglashtiriladi hamda loyihalarni hamda ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosari (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i) Litsenziyalash va ruhsat beruvchi xujjatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan muvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida xulosani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosari (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i) imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

Vazirlik ariza beruvchiga xulosani beradi (yuboradi) yoki uni tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xulosa berishning rad etilgani to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Xulosa berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.4. Rad etish asoslari.

Xulosa berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;

ariza beruvchi ruxsat berish talablari va shartlariga muvofiq bo‘lmaganda;

ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda.

Xulosa berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xulosa berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (taqdim etiladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat xulosa berishni rad etish to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, xulosa berish yoki uni berishni rad etish Vazirlik tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risida ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik sub’ektining arizasi takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining Vazirlik tomonidan ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq holdagi rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan mustasno.

Xulosa berishining rad etilgani to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi bergan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Vazirlik tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

Ariza beruvchi xulosa berishning rad etilgani, shuningdek Vazirlik mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) to‘g‘risida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

4.5. Xulosani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish

Ariza beruvchi qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta rasmiylashtirishdan o‘tgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Vazirlikga, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Xulosa qayta rasmiylashtirilgungacha xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan yoki uning huquqiy vorisi xulosada ko‘rsatilgan loyihalarni hamda ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini ariza qabul qilib olingan sanasi Vazirlik tomonidan ko‘rsatilgan holdagi xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.

Xulosani qayta rasmiylashtirishda Vazirlik berilgan xulosalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Xulosalarni qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda xulosani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Vazirlik tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Xulosani qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Arizaning amal qilish muddati tugagach u ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Vazirlikga xulosaning amal qilish muddati o‘tgungacha berilishi kerak. Xulosaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Xulosa yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda ariza beruvchining arizasi bo‘yicha xulosaning dublikati beriladi.

Vazirlik xulosa dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelganda xulosaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berishi (yuborishi) shart. Xulosa dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.6. Xulosaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va xulosani bekor qilish.

Xulosaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish, to‘xtatish va xulosani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagilar xulosaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan ruxsat berish talablari va shartlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi:

Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishlardan bosh tortish;

ular yuzasidan xulosa berilgan loyihalarni hamda ob’ektlar, mahsulotlar va texnologiyalarni qabul qilib olish ishlarini amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud bunday zarar yetkazilishining aniq xavfini tug‘dirish.

5. Sifatni ta’minlash

5.1. Sifatsiz xizmatlar uchun shikoyat

Davlat xizmatlari qoidalari talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Ariza namunasini ko’chirib olish

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!