Click to listen highlighted text!

Skip links

DAVLAT XIZMATLARI QOIDALARI

1. Xizmatlarni tushuntirish.

1.1. Xizmatlarning nomi

Tashkilotlarning va korxonalarning lokomotivlari, yuk va izotermik vagonlarining (keyingi o‘rinlarda harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi deb ataladi) xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.

1.2. Xizmatlar natijasi

Tashkilotlarning va korxonalarning harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bilan kelishilada va harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) beriladi.

Guvohnoma berilgandan so‘ng kerakli ma’lumotlar ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinadi va Vazirlikning veb-saytiga joylashtiriladi.

1.3. Xizmatlar ko‘rsatuvchi organ.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

1.4. Xuquqiy asoslari:

“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 20 dekabrdagi O‘RQ-341-sonli Qonunini,  “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-sonli Qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan temir yo‘l transporti sohasida ruxsat berish tartibotlaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2013 yil 19 noyabrdagi 310-sonli qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2019 yil 19 aprel 336-sonli Qarori.

1.5. Qabul qiluvchilar.

Guvohnoma olish uchun tadbirkorlik sub’ekti – yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilib olgan Vazirlik vakili.

1.6. Bajarish muddati.

Barcha kerakli hujjatlar ariza bilan taqdim etilgan kundan keyin, guvohnoma berish muddati 5 ish kuni qilib belgilangan.

Guvohnoma olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Vazirlikga bevosita, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Guvohnoma olish uchun Vazirlik vakiliga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat Vazirlik tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgi bilan ariza beruvchiga darhol beriladi (yuboriladi).

2. Xizmatlar oluvchilarni xabardor qilish

2.1. Axborotning tarkibi va ko‘lami

Vazirlik berilgan guvohnomalar reyestrini yuritadi va Vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

Vazirlikga tadbirkorlik sub’ekti tomonidan og‘zaki yoki yozma ravishda murojat qilinganda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va malakali maslaxati uchun xech qanday xaq talab qilinmaydi.

Vazirlik tomonidan beriladigan guvohnomalar va guvohnomalarni bekor qilish haqidagi ma’lumotni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.

2.2. Keng ma’lumotlar.

Tashkilotlarning va korxonalarning harakatlanadigan temir yo‘l tarkibi xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bilan kelishilada va harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma  berish xaqidagi ma’lumotlarning tartibini, tashkilotlar va korxonalarning sharoitlarini o‘rganish vaqtida va profilaktika ishlari o‘tqazilayotganda, hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytida to‘liq ma’lumotlar beriladi (www.mintrans.uz).

2.3. So‘rov bo‘yicha ma’lumot

Shaxsan: har kuni ish vaqtida soat 09-00 dan 18-00 gacha guvohnoma olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi og‘zaki yoki yozma tarzda standart matnda maslaxat olishi mumkin.

Telefon orqali: har kuni ish vaqtida soat 09-00dan 18-00gacha guvohnoma olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi, ko‘p bo‘lmagan ma’lumotlarni olishi mumkin (tel.: (71) 202-05-01 (520).

Elektron pochta orqali info@mintrans.uz: umumiy matn shaklida yoki boshqa matn shaklidagi har qanday yozma so‘rovlarni qabul qilinadi

2.4. Xizmatlar ko‘rsatish joylashgan manzili:

Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 uy, ind.:100128, (avtobuslar bekati 9, 57, marshrut taksilar 38, 91)

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 2-qavat, 202a  kabinet

tel.: (71) 202-05-01 (520)

2.5.  Ishlatiladigan hujjatlarning blanklari

Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun, arizada to‘ldirilgan qo‘shilgan hujjatlar.

3. Xizmatlar ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti

Ish vaqtida har kuni dushanbadan jumagacha soat 09-00 dan 18-00 gacha, tushlik vaqti soat 13-00dan 14-00gacha.

3.2. Kutish shartlari

Mijozlarnini qabul qilish, tartibni shakllantirish usulida, telefon yozuvlari orqali.

4. Xizmatlar ko‘rsatish tartibi.

4.1. Kerakli hujjatlar.

Guvohnomani olish uchun ariza beruvchi Vazirlikga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy huquqiy shakli; xizmat qilish muddatini uzaytirish taklif etilayotgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining soni va tipi (seriyasi) ko‘rsatilgan holda guvohnoma berish to‘g‘risidagi ariza;

lokomotivlar va vagonlar uchun muvofiq shakllar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilot tomonidan rasmiylashtiriladigan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi texnik yechim.

4.2. Xizmatlar narxi.

Guvohnoma berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.3. Davlat xizmatlarining bosqichlari.

Vazirlik mutaxassislari hujjatlarni qabul qilish sanasidan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, arizani ko‘rib chiqadi, guvohnomani beradi yoki uni berishni rad etadi. Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Agar Vazirlik nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza beruvchiga guvohnomani bermasa yoki uni berishni rad etmasa, u holda ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi bu haqda Vazirligini yozma ravishda xabardor qilgan holda texnik yechimda ko‘rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish huquqiga ega bo‘ladi.

Vazirlik ariza beruvchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni mobaynida unga guvohnoma berishi shart. Guvohnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ro‘yxati ular qabul qilingan sana to‘g‘risida qo‘yilgan belgi va ariza beruvchi tomonidan Vazirlikga yuborilgan yozma xabarnoma bilan birgalikda guvohnomaga tenglashtiriladi va texnik yechimda ko‘rsatilgan muddatda ariza berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirish uchun asos hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosari (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i) Litsenziyalash va ruhsat beruvchi xujjatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan muvofiqlik to‘g‘risidagi dalolatnoma asosida guvohnomani imzolaydi yoki uni berishni rad etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosari (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i) imzosi gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.

Vazirlik tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risida yozma shaklda uni xabardor qiladi. Guvohnoma berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.4. Rad etish asoslari.

Guvohnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin:

ariza beruvchi tomonidan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;

ariza beruvchining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;

ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi.

Boshqa asoslar bo‘yicha, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan xulosa berish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Guvohnomani berish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma ariza beruvchiga rad etishning sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.

Ariza beruvchi tomonidan guvohnomani berish rad etilishi uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, guvohnomani berish yoki uni berishni rad etish Vazirlik tomonidan rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi ariza va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Vazirlik tomonidan oldin ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, oldin ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarini ko‘rsatish bundan mustasno.

Guvohnomani berish rad etilishi to‘g‘risidagi yozma xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va Vazirlik tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.

Ariza beruvchi guvohnomani berish rad etilishi, shuningdek Vazirlik mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

4.5. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish

Ariza beruvchi – yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki turgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Vazirlikga ariza berishi shart.

Ariza beruvchi tomonidan hujjatlar Vazirlikga o‘rnatilgan tartibda to‘liq taqdim etiladi.

Tadbirkorlik sub’ektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan ariza beruvchi yoki uning huquqiy vorisi ariza qabul qilingan sana to‘g‘risida “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasining belgisi bilan birgalikda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida guvohnomada ko‘rsatilgan lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.

Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda Vazirlik berilgan guvohnomalar reyestriga o‘zgartirishlar kiritadi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish va berish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza Vazirlik tomonidan olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Guvohnoma qayta rasmiylashtirilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgach, u ariza beruvchining arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Vazirlikga guvohnomaning amal qilish muddati tamom bo‘lgunga qadar berilishi kerak. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Guvohnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, ariza beruvchining arizasiga ko‘ra unga guvohnomaning dublikati beriladi.

Vazirlik guvohnomaning dublikatini ariza, shuningdek u yaroqsiz holga kelgan taqdirda guvohnomaning asl nusxasi olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda beradi (yuboradi). Guvohnomaning dublikati berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.6. Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish.

Guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, guvohnomani bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va                     25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.

Quyidagilar guvohnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘luvchi ruxsat berish talablari va shartlari bir marta qo‘pol ravishda buzilishiga tegishlidir:

Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etishni tekshirishdan bosh tortish;

guvohnoma berilgan harakatlanadigan temir yo‘l tarkibining xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanish natijasida fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilishi yoxud bunday zarar yetkazilishining real xavfi yaratilishi.

5. Sifatni ta’minlash.

5.1. Sifatsiz xizmatlar uchun shikoyat.

Davlat xizmatlari qoidalari talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Ariza shakli na’munasini ko’chirib olish

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!