Click to listen highlighted text!

Skip links

DAVLAT XIZMATLARI QOIDALARI

1. Xizmatlarni tushuntirish.

1.1. Xizmatlarning nomi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) yuridik shaxslar tomonidan mahalliy va halkaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish uchun, litsenziyalash tartibini belgilaydi.

1.2. Xizmatlar natijasi.

Mahalliy va halkaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Vazirlik mutaxassislari yuridik shaxslarning mahalliy va halkaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish uchun litsenziya olishga yozgan arizalari bo‘yicha faoliyatlari o‘rganib chiqiladi, belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan litsenziyalar beriladi.

Litsenziya berilgandan so‘ng kerakli ma’lumotlar ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinadi va Vazirlikning veb-saytiga joylashtiriladi.

1.3. Xizmatlar ko‘rsatuvchi organ.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

1.4. Xuquqiy asoslari:

“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 maydagi O‘RQ-71-II-sonli Qonunini;

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va halqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l
transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini
litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 9 apreldagi 278-sonli qarori;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligida to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2019 yil 19 aprel 336-sonli qarori.

1.5. Qabul qiluvchilar.

Litsenziya olish uchun yuridik shaxslardan hujjatlar qabul qilib olgan Vazirlik vakili.

1.6. Bajarish muddati.

Barcha kerakli hujjatlar ariza bilan taqdim etilgan kundan keyin, litsenziya berish muddati 20 ish kuni qilib belgilangan.

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ariza beruvchi tomonidan Vazirlikga bevosita, ularning olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar ariza beruvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgori elektron manzilining ko‘rsatilishi uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror xaqidagi xabarnomani elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi.

Litsenziya olish uchun Vazirlikga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi va ro‘yxatning nusxasi ariza beruvchiga hujjatlar belgilangan organ tomonidan qabul kilingan sana qayd etilgan holda topshiriladi (yuboriladi). Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan zarur hujjatlar Vazirlik ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi. Ishonchli bo‘lmagan yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Vazirlikga litsenziyalash uchun boshqa tashkilotlar tomonidan beriladigan hujjatlarni olish talab qilingan holatlarda, litsenziyalash soddalashtirilgan tartibda «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi va bunda Vazirlik ko‘rsatilgan hujjatlarni yuridik shaxsning ishtirokisiz mustaqil ravishda oladi.

2. Xizmatlar oluvchilarni xabardor qilish

2.1. Axborotning tarkibi va ko‘lami

Vazirlik litsenziyalar reyestrini yuritadi.

Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;

litsenziyaning amal qilish muddati;

umuman faoliyat turiga yoki uning bir kismiga litsenziya berish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;

litsenziyalarning amal qilishini tugatish asoslari va sanasi;

litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;

dublikat berishning asoslari va sanasi.

2.2. Keng ma’lumotlar

Litsenziyalar reyestridagi mavjud ma’lumot Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi (www.mintrans.uz).

Vazirlikga tadbirkorlik sub’ekti tomonidan og‘zaki yoki yozma ravishda murojat qilinganda ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot va malakali maslahati uchun hech qanday xaq talab qilinmaydi.

2.3. So‘rov bo‘yicha ma’lumot

Shaxsan: har kuni ish vaqtida soat 09-00 dan 18-00 gacha litsenziya olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi og‘zaki yoki yozma tarzda standart matnda maslaxat olishi mumkin.

Telefon orqali: har kuni ish vaqtida soat 09-00 dan 18-00 gacha litsenziya olish yuzasidan kerakli hujjatlar to‘g‘risidagi, ko‘p bo‘lmagan ma’lumotlarni olishi mumkin (tel.: (71) 202-05-01 (520).

Elektron pochta orqali info@mintrans.uz: umumiy matn shaklida yoki boshqa matn shaklidagi har qanday yozma so‘rovlarni qabul qilinadi

2.4. Xizmatlar ko‘rsatish joylashgan manzili:

Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3 uy, ind.: 100128, (avtobuslar bekati 9, 57, marshrut taksilar 38, 91)

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 3-qavat, 318 kabinet

tel.: (71) 202-05-01 (520)

2.5.  Ishlatiladigan hujjatlarning blanklari

Ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun, arizada to‘ldirilgan qo‘shilgan hujjatlar.

3. Xizmatlar ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti

Ish vaqtida har kuni dushanbadan jumagacha soat 09-00 dan 18-00 gacha, tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00gacha.

3.2. Kutish shartlari

Mijozlarnini qabul qilish, tartibni shakllantirish usulida, telefon yozuvlari orqali.

4. Xizmatlar ko‘rsatish tartibi

4.1. Kerakli hujjatlar

Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori Vazirlikga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-xukukiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bankning nomi va yuridik shaxsning bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni ko‘zlayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat, shuningdek, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza. Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya talabgorining elektron manzili ham ko‘rsatilishi mumkin;

talabgorga mulk xuquqi, boshqa ashyoviy xuquqlar yoki ijara shartnomasi asosida tegishli bo‘lgan harakatlanuvchi tarkibning ro‘yxati;

temir yul transportida tashish jarayoniga jalb qilingan rahbar xodimlar va mutaxassislarning ro‘yxati;

temir yo‘l transportida tashish jarayoniga, kirish yo‘llarining, harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga, tormoz boshmoqlarining saqlanishi va hisobini yuritishga, harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish xavfsizligi va butligini ta’minlashga mas’ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxs rahbarining buyrug‘idan nusxa;

arizani ko‘rib chiqish uchun belgilangan yig‘imning litsenziya talabgori tomonidan to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (to‘lov topshiriqnomasining nusxasi).

Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya olish uchun taqdim qilingan zarur hujjatlar Vazirlik ularning aksini tasdiqlamagunicha barcha holatlarda ishonchli hisoblanadi.

Ishonchli bo‘lmagan yoki soxtalashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

4.2. Xizmatlar narxi.

Litsenziya talabgorining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish xaqining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Litsenziya talabgorining arizasi, shu jumladan Yagona portal orqali taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.

4.3. Davlat xizmatlarining bosqichlari.

Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab yigirma ish kunidan oshmaydigan muddatda kabul kilinadi.

Litsenziya berish tugrisidagi arizani ko‘rib chiqish va zarur hujjatlarni (ko‘rik dalolatnomasi, texnik, ekspert hulosalari va boshqalarni) tayyorlash Vazirlikning    Litsenziyalash va ruhsat beruvchi hujjatlar boshqarmasi mutaxassislari (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.

Ishchi organ hujjatlarni ariza olingan kundan boshlab, yigirma ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqadi, joylarga borib litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlarini bajarish imkoniyatini o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha ekspert xulosasini tayyorlaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosariga (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘iga) litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bayonnoma qarorining tegishli loyihasi bilan birga tasdiqlash uchun taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining o‘rinbosari (uning yo‘qligida Temir yo‘l transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i) ishchi organning ekspert xulosasi olingandan sung o‘n ish kunidan oshmaydigan muddatda uni ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi bayonnomani tasdiqlaydi. Vazirlikning litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.  Vazirlik litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

Litsenziya berishga qaror qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi (topshiriladi).

Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etish sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni qayta ko‘rib chiqishga taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda axborot tizimi orqali yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.

Litsenziya berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan Vazirlik bildirishnomasida belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar Vazirlik inspeksiyasi tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birga olingan kundan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda qayta ko‘rib chiqiladi. Litsenziya talabgorining arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

4.4. Rad etish asoslari.

Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish tugrisidagi bildirishnomada avval ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi O‘zbekistan Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha litsenziya berish rad etilishi mumkin.

Litsenziya talabgori Vazirlikning litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori, shuningdek, mansabdor shaxsining xarakati (xarakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish xuquqiga ega.

4.5. Arizalarni ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.

Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Vazirlikga litsenziya berish uchun davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoki litsenziya bitimini imzolamasa, Vazirlik mazkur litsenziyani bekor qilish xuquqiga ega.

4.6. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish va dublikat berish.

Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan takdirda, litsenziat yoki uning xuquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda Vazirlikga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.

Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada bir xil turdagi litsenziyalangan faoliyatni amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan litsenziatlar – yuridik shaxslar qo‘shilgan takdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.

Litsenziyaning litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun amal qilishi to‘xtatilganda litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilguniga qadar litsenziat unda belgilangan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda Vazirlik litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Litsenziyalar Vazirlik tomonidan qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida tegishli hujjatlar ilova qilingan ariza olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtiriladi.

Litsenziya qayta rasmiylashtirilganda, litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Vazirlikning bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan va amal qilish muddati tugamagan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra uning dublikata beriladi.

Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.

5. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish.

Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Uzbekistan Respublikasi Qonunining 22, 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.

Amal qilish muddati to‘xtatib turilgan yoki to‘xtatilgan litsenziyalar, shuningdek, bekor qilingan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlik tomonidan tegishli axborot resurslariga kiritiladi.

Quyidagi holatlar litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan litsenziya talablari va shartlarining qo‘pol buzilishi hisoblanadi:

litsenziat tomonidan temir yo‘lda tashishlar xavfsizligini ta’minlash sohasida texnik tartibga solish, temir yo‘l transportining harakatlanuvchi tarkibi, ob’ektlari va texnik vositalarini saqlash, ta’mirlash, ularga xizmat ko‘rsatish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-xuquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar talablarining muntazam (bir yil davomida ikki va undan ortiq) buzilishi;

temir yo‘l transportida tashishlar jarayoni bilan bog‘liq ishlarning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lmagan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilishi;

litsenziyani olishda qalbaki hujjatlardan foydalanilgani to‘g‘risidagi dalillarning aniqlanishi.

Vazirlikning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilish mumkin. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish asossiz ekanligi sud tomonidan e’tirof etilgan taqdirda, Vazirlik litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.

6. Sifatni ta’minlash

Sifatsiz xizmatlar uchun shikoyat

Davlat xizmatlari qoidalari talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Ariza na’munasini ko’chirib olish

Размер шрифта
Контраст
Click to listen highlighted text!