O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi

Murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 11 sentyabrdagi 445-sonli Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy nizom talablari asosida ariza, shikoyat va taklif bilan yozma, elektron xamda og‘zaki shaklda murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Barcha murojaatlar tegishliligi bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari asosida 15 kundan 2 oygacha bo‘lgan muddatlarda belgilangan tartib asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi. (murojaatning mazmun -moxiyatidan kelib chiqib)
Shuningdek, bugungi kunda vazirlikning 71-202-22-55 (yoki 1167-qisqa) raqamli “ishonch telefon”lari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ushbu “ishonch telefon”lari orqali haftaning dushanba-juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha bo‘lgan vaqtlarda fuqarolar vazirlikka og‘zaki ravishda murojaat qilishlari mumkin. Mazkur murojaatlar xam amaldagi tartib talablari asosida ko‘rib chiqiladi.

 

Sayt test rejimida ishlamoqda!