O' Z B E K I S T O N   R E S P U B L I K A S I
T R A N S P O R T   V A Z I R L I G I

11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi

10 Sep

11 sentyabrdan Toshkent–Qarshi–Toshkent yo‘nalishida "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi

 

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2020 yil 11 sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 4/3 sonli "Nasaf" tezyurar yo‘lovchi poyezdi harakati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Poyezd 11 sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryo‘l vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryo‘l vokzalidan harakatini boshlaydi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Do'stlaringizga ulashing:

Boshqa maqolalar:

28 Sep

Oʻzbekiston Hukumati delegatsiyasining Tojikistonga tashrifiga doir

Oʻzbekiston Hukumati delegatsiyasining Tojikistonga tashrifiga doir

27 Sep

Samara viloyatidan 700 dan ortiq mamlakatimiz fuqarolari avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelindi

Samara viloyatidan 700 dan ortiq mamlakatimiz fuqarolari avtobuslarda O‘zbekistonga olib kelindi

Telegram kanaliga qo‘shiling va eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
A'zo bo'lish