Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

15 avgustdan mahalliy avia va temir yo‘l qatnovlari bosqichma-bosqich tiklanadi

Chop etish Sahifani ulashish
14.08.2020 5549 Yangiliklar

 

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovlari boshlanishi ma’lum qilamiz.

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yo‘l vagonlari (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari ko‘riladi.

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan joriy yil 15 avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi.

Jumladan:

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poezdlari Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta;
Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta shuningdek;

Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin.

Mahalliy yo‘nalishlarda avia qatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.

Yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi kabi karantin cheklovlari 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37C va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.