Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

AD Ports Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.02.2024 1148 Yangiliklar

Bugun, 16-fevral kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Abu Dhabi Ports” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Unal Setin bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining logistika infratuzilmasiga kelgusida sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

Xususan, xorijiy tomon vakillari mamlakatimizda transport va logistika xizmatlari bozori hamda infratuzilmasini rivojlantirish borasida Toshkent viloyatida logistika markazi qurilishiga qiziqish borligini qayd etdi.

 

Uchrashuvda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.