Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Ashxobodda CASCA+ multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish masalasi muhokama qilinmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
16.11.2023 1152 Yangiliklar

2023-yil 15-noyabr kuni Ashxobod shahrida "Osiyo-tinch okeani mintaqasi mamlakatlari-Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Turkiya-Yevropa" xalqaro multimodal yo‘nalishi bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlar temir yo‘l operatorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda mazkur xalqaro multimodal yo‘nalishda yuk tashish hajmini oshirish, transport infratuzilmasini rivojlantirish va ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama etilmoqda.

 

Uchrashuv davomida ma’lum qilinishicha, koridor bo‘ylab yuk tashish samaradorligini oshiradigan va operatsiyalarni optimallashtiradigan raqamli onlayn platforma ishlab chiqilgan va foydalanishga topshirilgan. Ushbu platforma tovarlarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish, konteynerlarni kuzatib borish va qo‘shimcha yuklarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.