Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha Ruminiya bilan kelishuv imzolandi

Chop etish Sahifani ulashish
01.04.2024 1901 Yangiliklar

Buxarest shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Ruminiya qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Ruminiya transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasini rivojlantirish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasini muhokama etishdi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar 2024-yilning 1-aprelidan ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz tizimda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.