Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Yevropa standartlari asosida avtobus haydovchilari malakasi oshiriladi

Chop etish Sahifani ulashish
06.05.2024 1182 Yangiliklar

Transport vazirligi huzuridagi Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Germaniya Federativ Respublikasining DB Engineering & Consulting kompaniyasi bilan hamkorlikda avtobus haydovchilarining malaka oshirish o‘quv kursi mashg‘ulotlari jarayoni boshlandi.

 

160 soatlik malaka oshirish o‘quv kursida “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatining avtobus haydovchilari malakasi oshiriladi.

 

Mazkur malaka oshirish o‘quv kursi mashg‘ulotlari Yevropa mamlakatlari va milliy ta’lim dasturlari uyg‘unligida olib boriladi.