Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

FIDIC mutaxassislari tomonidan trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Chop etish Sahifani ulashish
20.12.2023 878 Yangiliklar

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi “FIDIC” mutaxassislari tomonidan yo‘l qurilishi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

Trening mashg‘ulotlari davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari, muhandislar, pudratchilar va quruvchilarga loyihalarini, qurilish sohasidagi shartnomalarni FIDIC Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi standartlariga muvofiq tuzish, bitimlarda ishlarning aniq hajmi, huquq va majburiyatlar, shuningdek, tomonlarning javobgarligi masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

 

FIDICni amalga oshirish prosedurasi va mexanizmlari xatarlar va xarajatlarni oldindan ko‘ra bilish, ularning oldini olish yoki ularni minimallashtirish, barqaror va sifatli ishlab chiqarish jarayonini yo‘lga qo‘yish imkonini berishi alohida ta’kidlab o‘tildi.