Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Hududlarda jamoat transporti harakat tarkibi yangilanmoqda

Chop etish Sahifani ulashish
27.03.2024 735 Yangiliklar

Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish maqsadida joriy yilda jami 1200 dona avtobus xarid qilish belgilangan.

 

2024-yil 26-mart holatiga hududlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash maqsadida jami 64 ta avtobus hamda 164 dona mikroavtobus xarid qilindi.

 

Avtobuslar Xitoyning CRRC, Higer, Guangtong, Azia Star ishlab chiqaruvchilaridan yetkazib berilgan.

 

Ushbu davrda eng ko‘p avtobus (32 dona) Qashqadaryo viloyatida, eng ko‘p mikroavtobus esa (75 dona) Farg‘ona viloyatida sotib olingan.