Virtual qabulxona

Ishonch telefoni:
71-202-22-55 (1167)

Jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimini joriy etish bo‘yicha tayyorgarlik

Chop etish Sahifani ulashish
18.12.2019 5873 Yangiliklar

Jamoat transportida yo‘lovchilarni tashishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali aholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash, yo‘lkira haqini yig‘ishda shaffoflikni ta’minlash, jamoat transportda yo‘lovchi tashish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2020 yildan e’tiboran Transport vazirligi tomonidan “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashish uchun yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimimini" bosqichma-bosqich ravishda joriy etish ishlari boshlanadi.

Ayni damda ushbu tizimni Toshkent shahrida joriy etishni boshlash yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda xorijlik mutaxassislar ishtirokida Yagona umumrespublika protsessing markazida “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari va Toshkent shahar transport boshqarmasi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi.

Raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlarga asoslangan yo‘l haqi to‘lovlarini amalga oshirishning avtomatlashgan tizimi bo‘yicha yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar xodimlarining yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida bu kabi malaka oshirish kurslari barcha avtobus saroylarida davom ettiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi axborot xizmati